Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/04/2023
Chop etish
3rd Regional CLIL Conference “Approaches to Teaching Content through English: Content and Language Integrated Learning (CLIL)” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Toshkentda «Kimyo International University of Uzbekistan» xalqaro universitetida  3-chi xalqaro CLIL konferensiyasi ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda  boʻlib oʻtdi.

Ushbu xalqaro konferensiya koordinatori Dr. Azamat Akbarov tomonidan 1-CLIL 2016 yili Bosniyada, 2-chi CLIL 2017 yili Qozog‘istonda o‘tkazilgan.

10 ta davlatdan 15 ta universitet va Britaniya Kengashi hamkorligida 3-chi CLIL  O‘zbekistonda o‘tkazildi. Ochilish marosimida 4 ta hamkor universitet rektorlari so‘zga chiqishadi.

Ushbu xalqaro konferensiyada Jizzax davlat pedagogika universiteti ham hamkor universitet sifatida ishtirok etdi va universitet rektori Sh.S.Sharipov konferensiya ochilish marosimida soʻzga chiqdi. Shuningdek, Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri A.Jabborova ham «Methods of Introducing CLIL to the Classroom» mavzusida taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Chet tilini boshqa fanlar bilan o‘zaro integratsiya qilib o‘qitishda CLIL metodikasidan keng foydalanilmoqda. CLIL – (Content and Language Integrated Learning) mazmun va tilni integratsiyalashgan holda o‘rganish bo‘lib, ushbu metodikaga ko‘ra o‘quvchilar no-filologik fanlarga oid mavzularni chet tilida o‘rganishlari orqali ham ushbu fanlarga doir bilimlarini mustahkamlashadi, ham chet tilini qo‘llashni o‘rganishadi.

CLIL jahon amaliy tilshunoslik assosiyasining (AILA) 22 ta Research Networks (ReNs)dan bittasi hisoblanadi. Italiya va Ispaniya universitetlaridan CLIL-ning haqiqiy namoyondalari, professorlar ham chiqish qilishdi. Bu O‘zbekiston uchun katta yutuq! Barcha qatnashuvchilarga xalqaro sertifikat berildi.


Ulashish:
1 715
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpoq yoshlari Jizzaxda: mazmunli uchrashuvlar va yangi tashabbuslar.
Nukus davlat pedagogika instituti delegatsiyasi dastlab universitetning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, Registrator ofisi, Axborot-resurs markazi, muzeyi va sport inshootlari faoliyati bilan tanishdilar.