Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/01/2022
Chop etish
Qo‘shning tinch-sen tinch…

Bugun ijtimoyi tarmoqlar va OAV orqali qo‘shni Qozog‘istonda yuz berayotgan tartibsizlik va to‘polonlardan har birimiz xabardormiz. Yaqinginada afg‘on zaminida avj olgan harbiy harakatlar, Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvlar paytida ko‘pchiligimiz yurak hovuchlab o‘tirdik. Shundoqqina yon qo‘shnimiz qozoq elida bo‘layotgan voqea hodisalar esa barchamizni ogohlikka chorlaydi. Mana shu daqiqalarda qadri yanayam oshib borayotgan bebaho ne’mat — tinchligimizga hech kim rahna solmasin deymiz !

 

Urho-ur qilayotgan olomon… Bilib –bilmay o‘z jonini xatarga qo‘yotgan qozoq birodarlarimizni kim bu ko‘yga soldi? “Urushning kengashi yo‘q…”, degan naql bor xalq orasida. Berilayotgan xabarlar orqali tartibsizliklar oqibatida vayronaga aylanayotgan binolar, do‘konlar, mahkamalarni ko‘rib diling vayron bo‘ladi. Qozoq hukumati vaziyatni tezroq o‘nglash uchun qo‘ldan kelgan barcha chorani ko‘rishiga qaramay, ming taassufki, tartibsizliklar va to‘s-to‘polon yanada avj oldi.

 

“Yurti tinchning-eli tinch”, deydi xalqimiz. Haq gap. Bu hikmatning isbotini qo‘shni Qozoqistondagi beqarorlik ortidan, aziyat chekayotgan insonlar misolida ko‘rsak bo‘ladi. Notinchlik hukm surayotgan yurtning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan bir necha yillarga orqaga ketishi bor gap. Xavotir va hadik bilan yashayotgan elning kelajakka ishonchi so‘nadi. Umidsizlikka tushadi… dono xalqimiz “Urush ayirar, Tinchlik topishtirar” deyishgan, norozilik namoyishlari ortidan tartibsizliklar avj olayotgan qozoq elida ko‘ngilsizliklar tezroq barham topsin. Tinchlik topishtirsin ularni…

 

O‘tgan qisqa davrda erishganlarimiz ko‘p. Kelgusida hal etiladigan muammolarimiz ham talaygina. Buni inkor etmaymiz. Shu lahzalarda barcha yurtdoshlarimizni hamjixatlikka chorlaymiz. Biz hamjixat bo‘lmas ekanmiz, oldinga siljishimiz va katta kichik muammolarni yechishimiz juda qiyin kechadi. Azizlar turli “Fitnalar” qurboniga aylanmaylik. Tinchlik va osoyishtalik bashariyatga in’om etilgan ulug‘ ne’mat. Boshimizga musibat yo kulfat yog‘ilmasidan avval uning qadriga yetishni o‘rganishimiz lozim. Shukronalikning asl mag‘zi ham shu aslida.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. Sh.Sharipov

 


Ulashish:
2 910
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...