Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/05/2021
Chop etish
“TA’LIMDA FILOLOGIYaNI RIVOJLANTIRIShNING GLOBAL MASALALARI”

Mustaqillik yillarida respublikamizda malakali kadrlar tayyorlash va ta’limni sifatli tashkil etishning samarali tizimi yaratildi va bugungi kunda oliy ta’limni modernizatsiyalashga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Resspublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, bitiruvchilarni zamonaviy dasturlar bo‘yicha o‘qitish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish kabi jarayonlarning yanada takomillashib borishiga yordam beradi.

Konferensiyalar  tashkil  etish  ilmiy  tadqiqotlarning  ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 martdagi 78-F sonli Farmoyishi asosida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida 2021 yil 3 may kuni Boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusida xalqaro  miqyosda  konferensiya  tashkil  etildi.

Mamlakatimizda til, adabiyot va xalq madaniyati yuksalishi yanada kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda filologiya muammolarini jahon filologiyasida erishilgan yutuqlar asosida chuqur hal qilishga e’tibor ortmoqda. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya aynan filologiyani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatlidir. Konferensiyani tashkil etish uchun tashkiliy qo‘mita shakllantirildi va  tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilgan maqolalar tahrir etilib, to‘rtta sho‘baga ajratilib o‘rganib chiqildi. Ushbu konferensiyaga  respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari  professor-o‘qituvchilari tomonidan, shuningdek, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalari va boshqa chet el mutaxassislari tomonidan maqolalar taqdim etilgan bo‘lib, tilshunosligining nazariy va amaliy muammolari, adabiyotshunoslikni takomillashtirishning dolzarb masalalari, badiiy nutq va uslub, tarjimashunoslik masalalari, globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotni o‘qitish muammolari kabi  yirik masalalarni ijobiy  hal etishning nazariy jihatlarini ko‘rsatib berishi shubhasizdir.


Ulashish:
815
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosida oliy ta’limga qabul imtihonlari o‘tkazildi.
12–14-avgust kunlari 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi.
JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...