Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

“Talabalar maqom ansambli” ilk konsert dasturini namoyish etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda maqom san’atini yanada rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maqom markazlari, maqomga ixtisoslashtirilgan maktablar, maqom festivallari tashkil etilmoqda. Maqom musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan badiiy mukammalligi, kuy hamda shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va amaliy asoslari puxta ishlangani bilan farq qiladi. Maqom musiqa, she’riyat hamda raqs san’atlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy durdonadir. Bugun Jizzax davlat pedagogika instituti  Madaniyat saroyida oliygohda tashkil etilgan “Talabalar maqom ansambli” ning ilk konsert dasturi namoyish etildi. Dasturda 10 dan ziyod maqom qo‘shiqlari ijro etildi. Ushbu konsert dasturida O‘zbek milliy maqom markazi direktori san’at arbobi  Soyibjon Begmatov ham ishtirok etdi.   “Maqom yo‘lidagi mumtoz kuy-qo‘shiqlarimiz tinglovchi ruhiga halovat, taskin, o‘ziga xos ma’naviy quvvat bag‘ishlaydi. Uni tinglaganda ajdodlarimizning olis o‘tmishi, dard-iztiroblari, orzu va armonlari ko‘z oldimizga keladi. Shuningdek, u har qanday ziyoli kishini mushohada yuritishga, tafakkur qilishga undaydi. Maqom, inchinun, adabiyot, badiiy tafakkur degani ham. Jizzax davlat pedagogika institutida “Talabalar maqom ansambli” tashkil etilgani tahsinga sazovor, ularni har birini tinglab turib kamchilik va yutuqlarini belgilab bordim. Bugungi bo‘lajak maqomchilarimizga tajriba yetishmaydi. O‘ylaymanki, biroz tajriba va o‘z ustida qatttiqroq ishlash va mehnat albatta o‘z samarasini beradi.”,-deydi respublika maqom markazi direktori Soyibjon Begmatov O‘zbek milliy maqom san’ati namunalarini zamonaviy jarayonga mos holda rivojlantirish va uni keng targ‘ib qilish maqsadida yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar zamon yoshlari va ayniqsa maqom ustozlarini katta ishtiyoq bilan ijod etishga chorlagani ayni haqiqat.  Jizzax davlat pedagogika  instituti rektori Sh.S.Sharipov tashabbusi bilan  tashkil etilgan va yaqin kunlardan o‘z faoliyatini boshlagan “Talabalar maqom ansambli” ham yurtmizda ko‘zga ko‘rinarli  namunali maqom ansambllari qatoriga  qo‘shilishiga umid  qilamiz. Bu borada esa ustozlar ko‘magi xususan maqom sa’nati darg‘alarining beminnat maslahatlari zarur.