Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2021
Chop etish
«Talaba yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilining oldini olish” mavzusida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Fizika va texnologik ta’lim fakultetida Ichki ishlar xodimlari bilan “Talaba yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilining oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida “Zargarlik” mahallasi profilaktika katta inspektori, mayor Turdiboev Xolmurod, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili mayor Qo‘chqorov Sodiq, Zargarlik mahallasi rais o‘rinbosari Bekmurodov Mamatqul, Jizzax viloyat milliy gvardiya xodimi katta serjant Qo‘shboqov Sarvar, Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar talaba-yoshlarga bugungi kunda islom dinini niqob qilib terroristik harakatlarni olib borayotgan turli tashkilotilar haqida hamda ekstremistik qo‘llanmalar  tarqatish orqali yoshlar ongini zaharlab, g‘arazli niyatlarini amalga oshirishayotgan guruhlarga aldanib qolmaslikni ta’kidlab ogoh bo‘lishga chaqirishdi.Shuningdek davra suhbatida so‘zga chiqqanlar ijtimoiy hayotimizda, ayniqsa, yoshlar orasida uchrayotgan holatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib noxush holatlar qatnashchilariga aylanib qolmaslikni va oldini olish kerakligini ta’kidlab o‘tishdi. Davra suhbati so‘ngida  talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va fikr almashinildi.


Ulashish:
811
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.