Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/05/2022
Chop etish
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” sog‘inch bayrami…

To‘xtab qolsin soat millari,

Chalinmasin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Ortda qolar sho‘xlik yillari,

Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.

Erta tongdan  bugun har biringiz yo‘l-yo‘lakay qo‘lida gul, yuz ko‘zida hayajon maktabi tomon shoshayotgan bitiruvchilarga ko‘zingiz tushgani shubhasiz…har yerda “xayr maktabim” taronasi yangrayotgani esa sizni ham olis maktab yillariga yetaklagani ham rost…mana qo‘lingizda gul biroz tabassum va o‘zgacha hayajon bilan saf tortib maktab lineykasida turibsiz…kichik sinf o‘quvchilari sizga hayrat va havas bilan qarab turishibdi…siz esa ichingizda ozgina sog‘inch ( halitdan) tushunarsiz bir tushkunlik bilan sinfdoshlaringizga bir bir tikilasiz…axir ertadan sinf partalarida o‘tirish yo‘q…ustozlardan daki eshitish yo‘q…o‘zingizni bir zumga ulg‘aygandek his qilasiz…kechagina mana shu ulg‘ayishni har kun, har soatda istgan siz emasmidingiz? Orzularingiz ushaldi ammo ko‘nglingiz ortga beg‘ubor bolallikka qaytgisi kelayapti…Men ulg‘aydim..men mustaqil hayotga qadam qo‘ydim endi hammasi yaxshi bo‘ladi…orzularim ushaladi deya o‘zingizni yupastasiz-u, ich ichingizda sinfdoshlaringizdan ayriligingiz kelmayotganini his etasiz….

Sekin pichirlaysiz xayr maktabim..xayr quvnoq sinfdoshlarim…xayr sho‘xliklarim …seni juda juda sog‘inaman aziz maktabim….

Bugun bayram deymiz-u lekin bu bayram quvonch o‘rniga sog‘inchni hadiya etadi bizga…

25 may-“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami mustaqil hayotga qadam qo‘yyatgan bitiruvchi yoshlraga  muborak bo‘lsin…xotiralar jonlanib o‘sha bolalik onlariga qaytib, uni sog‘inib yana qayta uchrashayotgan sobiq bitiruvchilarga esa diydor muborak bo‘lsin deb qolamiz.

Sog‘indim sinifdosh sirdoshlarimni,

Ko‘zlari chaqnagan dildoshlarimni.

Jim turib eslayman xotiralarni,

Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq…

“Сўнгги қўнғироқ” соғинч байрами…

 

 


Ulashish:
1 063
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...