Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Shotara —( Fumaria vaillantii Loisel.)ning urug’ mahsuldorligi. Tarqalishi va zaxiralari.

Qarshiboyeva N.H., Zakirova SH.I., Xalilova N.SH., Zufarova I.Z. Jizzax davlat pedagogika universiteti. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 10.04.2020-yil PQ- 4670-sonli qarori (Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risidagi ) va 26.11.2020-yildagi PQ-4901-sonli qarori  ( Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug’chiligini yo’lga qo’yishni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ko’lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida)  imzolandi. Ushbu qarorlar  dorivor o’simliklarga alohida e’tibor qaratilganligidan dalolat beradi. Zero, bizning serquyosh o’lkamiz dorivor o’simliklarni ko’plab turlarini o’z bag’rida yetishtiradi. Shotaradoshlar oilsiga mansub shotara —( Fumaria vaillantii Loisel) turning tarkibida “Protopin gidroxlorid” preparati bo’lib, farmatsevtika sanoatida jigar kasalliklarida qo’llaniladi. Shuning uchun bu turning bioekologiyasi o’rganilmoqda. Shotara — Fumaria vaillantii Loisel., Shotaradoshlar (Fumariaceae ) oilasiga mansub bir yillik begona oʻtPoyasi tik oʻsadi, sershox, boʻyi 10—30 smBarglari ketma-ket joylashgan, ikki marta patsimon ajralgan, uzun bandli. Gullari pushti, uchlari binafsha rangli shingil toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi sharsimon bir urugʻli yongʻoqcha. Ildizi — oʻqildiz. Aprel—iyulda gullab uruglaydi. Maysalari kech kuzda, erta bahorda paydo boʻladi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Begona oʻt sifatida lalmi va sugʻoriladigan don ekinlari orasida, paxta dalalarida oʻsadi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, turar joylar, yoʻl, ariq yoqalari, ekinzor chekkalari, xiyobonlarbogʻ va uzumzorlarda uchraydi. Kimyoviy tarkibi. SHotara tarkibida organic kislota, fenol, alkaloidlar 0,2-0,6%,oshlovchi moddalar 2,9%, smola 4,7 %, C va K vitaminlari bor. Ta’mi o’ziga xos achchiq. Kimyoviy tarkibi: Shotara tarkibida organic kislota, fenol, alkaloidlar 0,2-0,6%, Ahamiyati. Shotara  qonni isitadi va tromblarni ochadi. Nafas olishni yengillashtiradi, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, jigarni tiqinlardan tozlaydi. Asosan  o’simlik barglarini terib, quritib foydalaniladi, ammo ko’pincha barcha qismlaridan foydalaniladi. Uning tarkibidagi alkaloid biroz pulsni tezlashtirib, sarxush qiladi va ishtaxani ochadi.  Ayollar kasalligida, ichak kasalliklarida, bezgakda, sariq kasalligida, bachadon va o’pka  silida ishlatiladi.  Bavosilda, surunkali ichki qon ketishda, qorin dam bo’lishida va bronxit kasalligida davo uchun ishlatiladi. Urug’ mahsuldorligi. Urug’ mahsuldorligi hisoblangan har bir daladagi o’simlik o’ziga xos morfologik xususiyatlarga ega. Shoxlanishiga qarab shingillar (to’p mevalar)soni va ularning uzunligi har xil bo’ladi.1-maydonda F.vaillantii da 78+2.95 2-3 maydonda 21+0,93-30+1,10 shingil paydo bo’lsa , har bir shingilda 7-18 ta meva hosil bo’ladi. 4- dalada o’simlik tabiiy sharoitda o’sganligi uchun uning shingillari va to’pmevalar biroz kamroq bo’ladi, ya’ni u 10+0.36 shingil, har bir shingilda 5-13tagacha meva hosil qildi. Zomin tumanida F.vaillantii ekoformasining umumiy shingillari soni 9-14tagacha yetib, har bir shingilda 5-13tadan meva tugildi.Yalpi gullash davrida F.vaillantii da 1 maydonda o’rtacha 820+47.69:2-3 maydonlarda 262+10.33-344+13.21; 4 maydonda 94+_3,61ta gul paydo bo’ldi. Gullashning oxirigacha ko’pchilik gullar asta sekin to’kilib, qolgan gullardan 1 maydonda 497+34.83; 2-3 maydonlarda 146+8.53 -195=11.96;4 maydonda 52+2.80 va F.vaillantiining ekoformasida esa o’rtacha 64+3.40 ta urug’li meva tugish aniqlandi. Yetilgan meva va urug’larning soni mo’him ko’rsatgich bo’lib, haqiqiy urug’ mahsuldorligi (XUM) belgilovchi mezondir. U potensial mahsuldorlikdan (PUM) past bo’ladi (Ashurmetov va b. 1995) bu xususiyat bizning tajribalarimizda ham tasdiqlanadi. Ko’p gullar ochilgandan keyin ob-havoning ta’siridan to’kilib ketadi. Urug’ hosildorlik darajasi 1- chi tajriba maydonida o’rtacha 60%, 2-3-chi tajriba maydonlarida 56%, 4-chi maydonda 53% tashkil qildi. Tarqalishi va zahiralari Fumaria vaillantii ning zahiralari, hosildorligi kabi korsatgichlari  iqlim sharoiti korsatgichlari va antropogen omillar tasirida kop jihatdan bog’liq bo’lganligi tufayli, ularning zahiralari unga tasvir berilgan vaqt va maydon korsatgichlari uchun haqiqat, real, son va sifat hisoblanadi. Bunga asosiy sabablar partov yerlar (zalej), haydab dam berilgan lalmi yerlar, ikkinchi yilda ekinzorga aylanishi, yoki yog’ingarchilik ham bo’lib, efermerlar ham o’sib chiqsa, tasvirlangan maydonlarning son va sifat korsatgichlari ozgarishi muqarrar. O’simliklarning quruq massasi shu o’simlik uchun xom ashyo hisoblanadi. Masalan shu vaqtda Zaxiralari B’ostonliq tumanida 24ga yerda o’sgan o’simliklarning hosildorligi 86 kg/ga bolsa, uning 2.1 ya’ni undan quruq massa yig’ib olish imkoni aniqlandi.Bundan tashqari Toshkent viloyati, Qashqadaryo viloyatidan qolgan tumanlarida jami 11.3 t, 4.5 t. Jizzax viloyatidan  2.3t, Sirdaryo viloyatidan  1.2t quruq xomashyo yig’ib olish mumkin. (Qarshiboyeva, 2002) Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turilibdiki, O’zbekiston hududida 222ga maydondan Fumaria L. turlarining zahirasi 19.3t xomashyo yig’ib olishi aniqlandi . Yuqorida sanab o’tilgan maydonlarning 1 m2 yerda 80-105 tagacha tup o’simlik aniqlanib, bulardan har gektariga 2500-3000 kg gacha ho’li, 250-300kg gacha quruq xom ashyo yig’ib olish mumkin. Shotara osimligining hosildorligini  yer ustki qismi (poya, barg, generativ organlari)ning mahsuldorligi  o’rish maydonchasi va model tuplarini sanash uslublarida Borisova, Shreterlar (1966)» Методические указания по геоботаническому обследованию естественных кормовых угодий Узбекистана» (1980) qo’llanmalaridan foydalanildi. Dalada bajaraladigan yil fasllarida va balandlik bosqichlariga ko’ra rejalanadi. Cho’l va adirlarda o’simlik jamoalarida shotara hosildorligini aniqlash asosan 2 faslda: bahor va kuzda; yuqori adir, tog’ va yaylov bosqichlarida esa faqat bir marta bahorning oxirlari, yozning boshlarida olib boriladi. Hosildorlik har bir tur uchun ayrim va osimlik jamoasi uchun ayrim aniqlandi. Har bir turning, jumladan shotaraning hosildorligi  uning jamoadagi zichligiga (Sp, Sp3) osimlikning balandligiga, shoxlanishiga va boshqa morfologik xususiyatlariga bog’liq.Efemer osimliklar, jumladan shotaraning hosildorligi (forma №2)larning uslublaridan foydalanilgan holda aniqlandi. Cho’l yerlari uchun 2=25 va 2=50m masofa olinadi. Bu vaqtda o’simliklar asosidan 2-3sm yuqorigi tomoni qoldirib, o’rib olinadi. Shotaraning hosildorligini (forma № 8) aniqlashda quyidagi ishlar bajariladi:- geobotanik tasvirlash ishi olib borilayotgan maydondan (10 x 10m) 3-5ta 1m2li hisoblash maydonchasi ajratildi. Bu maydonchalarning o’simliklari har xil zichlikka ( Sp1- Sp3) ega bo’lganligiga qarab o’rtacha zichlik hisoblanadi. Tajriba uchun 10ta o’simliklarning balandligi va 20 ta o’simlikning quruq holdagi og’irligi o’lchandi. Shotaraning o’rtacha balandligi 15 sm, 20 tupning quruq holdagi og’irligi 2 gr. Bo’lib, 1 m2=102 ta shotara bo’lsa: 20 tup shotara 2 gr. 102 tupi-X gr. X = 2 x 102/20 = 10.02 g/m2 Demak, 1 gektar yaylov yerda faqat shotara o’simligining hosildorligi gektaridan 102 kg yoki 1,02 sentner quruq massaga teng. N. A. Borisova va A. I. Shreter (1966)larning  hisoblash maydonchasi va model tuplar uslubida ish olib borilganda 2 ta transekt tanlab 25 m2 va 100 m2 unda o’simlikning ontogenez davrlariga ( yoshlik  o’tish davri, generativ davri) sanaladi, ho’l vaquruq og’irligi aniqlandi. Natijada transektdagi o’rtacha hosildorligi aniqlanib, keyin gektarga aylantiriladi Xulosa
  1. Shotaradoshlar oilsiga mansub shotara—( Fumaria vaillantii Loisel) turning tarkibida “Protopin gidroxlorid” preparati bo’lib, farmatsevtika sanoatida jigar kasalliklarida qo’llaniladi. Shuning uchun bu turning bioekologiyasi o’rganilmoqda.
  2. Kimyoviy tarkibi. SHotara tarkibida organic kislota, fenol, alkaloidlar 0,2-0,6%,oshlovchi moddalar 2,9%, smola 4,7 %, C va K vitaminlari bor. Ta’mi o’ziga xos achchiq.
  3. . Ko’p gullar ochilgandan keyin ob-havoning ta’siridan to’kilib ketadi. Urug’ hosildorlik darajasi 1- chi tajriba maydonida o’rtacha 60%, 2-3-chi tajriba maydonlarida 56%, 4-chi maydonda 53% tashkil qildi.
  4. Zaxiralari B’ostonliq tumanida 24ga yerda o’sgan o’simliklarning hosildorligi 86 kg/ga bolsa, uning 2.1 ya’ni undan quruq massa yig’ib olish imkoni aniqlandi.Bundan tashqari Toshkent viloyati, Qashqadaryo viloyatidan qolgan tumanlarida jami 11.3 t, 4.5 t. Jizzax viloyatidan 3t, Sirdaryo viloyatidan  1.2t quruq xomashyo yig’ib olish mumkin.
  5. , O’zbekiston hududida 222ga maydondan Fumaria turlarining zahirasi 19.3t xomashyo yig’ib olishi aniqlandi
  Adabiyotlar
  1. Mirziyoyev Sh. M. “Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori PQ- 4670-son 10.04.2020-yil.
  2. Mirziyoyev Sh. M. “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug’chiligini yo’lga qo’yishni rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar ko’lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori PQ-4901-son 26.11.2020-yil.
  3. Исраилов И.А. Изохинолиновые алкалоиды //Итоги исследования алкалоидоносных растений. Т.Фан. 1993. с. 132.
  4. Qarshiboyeva N.H . Shotara yangi dorivor o’simlik //Узб. биол. журн. Т. 1999. 51-54 bet.
  5. Qarshiboyeva N.H . ”O’zbekistonda tarqalgan shotara (Fumaria vaillantii Loisel.) ning bioekologik xususiyatlari”. Avtоreferat T.2002.
  6. Ходжиматов К. Х. Ефирномасличное растения Узбекистана и пути их рационального использования. T. 1999. 110 s.
  7. Qarshiboyeva N.H . Shotara yangi dorivor o’simlik //Узб. биол. журн. Т. 1999. 51-54 bet.
  8. Qarshiboyeva N.H . ”O’zbekistonda tarqalgan shotara (Fumaria vaillantii Loisel.) ning bioekologik xususiyatlari”. Avtoreferat T.2002.
  9. Qarshiboyeva N.H., Rahmonqulov F. vaillantii ni madaniylashtirish istiqbollari. « Развитие ботаническое науки в Центральной Азии и ее интеграция в производство»  Материалы международной конференции (17.09.2004 g.) T.2004. s. 341.
  10. Qarshiboyeva N.H. va b. Botanika resursshunosligidan ruscha-o’zbekcha izohli lug’at. «Sangzor» nashriyoti . Jizzax 2012. 44 bet
  11. Tojiboyev Sh. J., Qarshiboyeva N.H. Botanika. «Namangan» nashriyoti. Namangan 2015. 310 bet