Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/06/2022
Chop etish
«Quvnoqlar va zukkolar» tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Quvnoqlar va Zukkolar” tanloviining institut final bosqichida 4 ta jamoa  Pedagogika psixologiya fakultetining “Yoshlar”, Maktabgacha ta’lim fakultetining “Shaddod qizlar”, Jismoniy madaniyat fakultetining “Fizvos”, Fizika texnologik ta’lim fakultetining “Bo‘ydoqlar” jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar. Jamiyatdagi og‘riqli nuqtalar, talaba yoshlar bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarni yumorga boy sahnaviy ko‘rinishlar orqali ijro etishga harakat qilgan jamoalar g‘oliblik uchun astoyidil kurashishdi. Hakamlar haya’tining qaroriga ko‘ra Jismoniy madaniyat fakultetining “Fizvos” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Pedagogika psixologiya fakultetining “Yoshlar” jamoasi 2 o‘rinni egallagan bo‘lsa, Maktagacha ta’lim fakultetining “Shaddod qizlar” i 3 o‘ringa munosib deb topildi. Tanlov so‘ngida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot uchun: Institut ma’muriyati qaroriga ko‘ra  g‘olib jamoaga  3 mln , 2 o‘rin sohiblariga 2 mln, 3 o‘rinni olgan jamoaga esa 1 mln  so‘m pul mukofoti  topshirish ko‘zda tutilgan.

 


Ulashish:
1 079
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.