Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/06/2022
Chop etish
Qoraqalpog‘iston taassurotlari.

28 may kuni Nukus shaxrida qorakalpoq davlat Universiteti tashkil topganligining 45 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Unda Xindiston, Malayziya, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq  davlatlar oliy talim muassasalari rahbarlarining onlayn tizimi orkali xamda tug‘ridan -tug‘ri tabriklari eshittirildi.

Shuningdek tantanalarda respublikamizning Toshkent, Jizzax ,Navoiy ,Samarqand, Surxondaryo, Namangan va Xorazm viloyatlari oliy talim muassasalari  rahbarlarining bayram tabriklari xam eshittirildi. Ular orasida institutimizdan  men ham ishtirok  etib, hurmatli rektorimiz Sh.Sharipovning tabrik va istaklari bitilgan tabriknomani  xamda esdalik sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdim.

Tantalarda ishtirok etib, so‘zga chiqqan Qorakalpog‘iston respublikasi Oliy Kengash raisi K. Kamolov  xamda Universitet rektori A.M. Reymovlar ko‘plar qatori bizning institutimiz jamoasiga xam samimiy tilaklar yulladi.

Tantanalar Nukus shaxri va respublikaning boshqa diqqatga sazovor joylarida davom etdi.Qoraqalpog‘iston  Poytaxti Nukus shaxri respublikamizning yosh va taraqqiy etgan shaxridan biriga  aylanibdi.

Muynokda aeroport qurilibdi.

Nukusda yagona muzey, Savitskiy nomli tarixiy muzey joylashgan. O‘nlab oliy talim muassasalari va ularning filiallari mavjud. Shulardan Koraqalpok davlat  Universiteti, Nukus pedagogika instituti kabilardir.

Qoraqalpok davlat Universiteti 1976 yilda tashkil topgan.Bugungi kunda

24 ming talaba ,1000 ga professor- o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. 20 dan ortiq bakalavr  yo‘nalishlari o‘zbek , qorakalpok, turkman, qozok ,rus tillarida o‘qitiladi

 

Magistratura, doktrantura bosqichlari  mavjud. Bir necha fanlardan ixtisosliklar bo‘yicha Ilmiy Kegashlar faoliyat  yuritadi. Bir necha xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan.

Shu bois universitetning 45 yilligi tadbiriga o‘nlab xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi. Xorijiy hamkorlik o‘rnak oladigan darajada. Universitetda  katta nufuzga ega bo‘lgan badiiy ansambl faoliyat yuritadi. Ansabl qoshida orkestr guruhining nufuzi baland. Orkestrga yosh o‘qituvchi dirijorlik qiladi. 40 dan ziyod cholg‘u asboblarida kuylar jo‘rovoz bo‘lib ijro etishadi.Professional darajada ijro mahoratiga ega talabalar orkestr cholg‘uchilari mavjud.

Tadbirda ansambl va ayniksa orkestr ijrosida dunyo xalqlari qo‘shiq va kuylari ijro etildi.

A.Tangirov Filologiya fanlari nomzodi, dotsent


Ulashish:
666
Boshqa rubrikalarda mashhur

INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili JDPUda mehmon bo‘ldi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga Hindistonning INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili janob Ryan C. Vaz rasmiy tashrif buyurdi. Ushbu tashrif JDPU bilan imzolangan ikki tomonlama hamkorlik...
JDPU va Hindistonning National Heart Institute o‘rtasida strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
2025-yil 7–9-iyul kunlari Jizzax Davlat pedagogika universitetiga (JDPU) Hindistonning National Heart Institute xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Dr. Anand Kumar Tripathi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan...
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar qizg‘in davom etmoqda.
Joriy yilning 7-iyulidan boshlab Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlardan ijodiy imtihonlar qabul qilinmoqda. Imtihonlar 14-iyulga qadar belgilangan jadval asosida o‘tkaziladi.