Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/05/2020
Chop etish
Psixologlardan tashkil topgan guruh ishlamoqda…

Yoshlar o‘rtasida suitsid (o‘z joniga qasd qilish) darajasining ma’lum miqdorda oshganligi sababli

2020-yil 3-may kuni Jizzax viloyat xokimi, viloyat prokuraturasi va viloyat IIB hamkorligida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasiga asosan Jizzax viloyatining barcha tumanlari Xalq ta’limi bo‘limlarida maktablar psixologlarining ish faoliyatlarini o‘rganish, nazoratdan o‘tkazish va tahlil etish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 2020 yil 4-may kuni Jizzax politexnika instituti psixologi Orifjon Rajabov va Jizzax Davlat pedagogika instituti psixologi Sarvar Nomozovlar viloyat prokuraturasi, IIB, viloyat xalq ta’limi va viloyat yoshlar ittifoqi xodimlari bilan hamkorlikda Baxmal tumani xalq ta’limi bo‘limida tumanning maktab psixologlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va sinf rahbarlarining ish faoliyatlarini to‘liq nazoratdan o‘tkazishdi. Tekshirish natijalari va tahliliy xulosalar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
986
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.