Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/10/2016
Chop etish
Jizzax Davlat Pedagogika Institutida navbatdan tashqari yig`ilish bo`lib o`tdi.

25 oktabr kuni Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Majlislar zalida navbatdan tashqari  yig`ilish  bo`lib o`tdi. Navbatdan tashqari yig`ilishni Institutimiz rektori A.J. Xolbekov ochib berdi va yig`ilishga ishtirok etayotgan mehmonlarni tanishtirdi. Yig`ilishda Xalq ta`limi vazirligining  Ta`lim muassasalarini tashkil etish bo`limi  boshlig`i  Yuldashev Maqsud Abdullayevich, Jizzax viloyat XTXQT va MOI rektori Qodirov G`ayrat O`roqboyevichlar ishtirok etdi.                     

Prof A.J. Xolbekov 2008 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan  o`quv ishlar bo`yich prorektor N.A. Alimov sog`lig`i tufayli o`z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilganligi va 25 oktabr 2016 yildan   Jizzax Davlat Pedagogika Instituti o`quv ishlar bo`yicha prorektorligiga Xalq ta`limi vazirining 239-buyrug`i bilan Yadgarov Qahramon Mamanovich tayinlanganlini ma`lum qildi. Shundan so`ng  Xalq ta`limi vazirligining  Ta`lim muassasalarini tashkil etish bo`limi  boshlig`i  Yuldashev Maqsud Abdullayevich ham so`zga chiqib o`quv ishlar bo`yich prorektor N.A. Alimovning bir necha yillar mobaynida institutda fidokorona mehnat qilganlini va shu fursatdan foydalanib bu insonga o`z minnatdochiligini bildirib o`tdi, shu  bilan birgalikda   yangi  tayinlangan  prorektor  Yadgarov Qahramon Mamanovichning kelgusi ishlarida omad tiladi.


Ulashish:
1 720
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda «Rahbar faoliyati va mahorati» mavzusida seminar-treninglar mashg‘ulotlariga start berildi.
Seminarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazining katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich «Rahbar...
“Kelajakka qadam” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari yo‘l!
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish hamda yangi kasblarni egallashiga ko‘maklashish uchun moliyaviy imkoniyatlar taqdim etilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Pedagog» talaba sport klubining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Konferensiyada sport klubining amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalari hamda kelgusidagi vazifalari muhokama qilinib, klub raisi o‘rinbosari Hoshim Komilovning hisoboti tinglandi.