Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/03/2021
Chop etish
JDPI da hashar…

Qadriyatlarimizda boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.

Masalan, hashar deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar – zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam. Shu bois Navro‘z ayyomi  arafasida e’lon qilingan umumxalq hayriya hasharida Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi hamda talaba yoshlari ham faol ishtirok etdi.

 

Hasharda  oliygoh joylashgan bino atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash ishlari amalga oshirildi.

 

 

Muxtasar aytganda,  bu  hashar talaba yoshlarimizni Vatan ravnaqi uchun fidoyi bo‘lish, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini ko‘tarish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash milliy an’analarga boy, Navro‘z bayramimizni munosib kutib olishga xizmat qiladi.

 

 


Ulashish:
917
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.