Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

IMMUNITET NIMA VA U NIMA UCHUN KERAK?

Almamatov Jasur Mirza o`g`li – o`qituvchi., Bozorova Ruxshona Dilshod qizi – talaba. Immunitet so’zi lotincha immunitas so’zidan kelib chiqqan. Immunitet tananing turli kasalliklardan himoyalanish xususiyatidir .U organizmni turli yot moddalardan himoya qiladi. Immun tizimi juda murakkab mexanizmga ega, uning vazifasi ichki organizmning muvozanatini saqlash va  virus, bakteriya,zamburug’ va boshqa zararli moddalardan himoya qilishdir. Immun tizimi tanani begona mikroorganizmlardan himoya qilish uchun o`zaro uzviy bog’langan hujayralar va organlarning murakkab majmuasidan iborat. Immun hujayralari butun vujudda, asab, yurak, harakat va ovqat hazm qilish tizimlari bilan birgalikda butun organizmning uyg’un harakatini ta’minlaydi. Immun tizimining asosiy vazifasi – murakkab va dinamik aloqa tarmog’ini bog’lashdir. Immun hujayralari begona hujayralar bilan uchrashganda, ular turli kimyoviy moddalar ishlab chiqarishni boshlaydilar. Ushbu moddalar hujayralarga ularning o’sishini tartibga solish va boshqa hujayralarni tashishda yordam beradi, shu bilan ularni muammoli va zaif joylarga yo’naltiradi. Immunitet pasayganda yoki zaiflashganda, biz turli kasalliklarga ko’proq moyil bo’lamiz va shamollash, qayta infektsiya, shuningdek gripp, allergiya, artrit, ayrim hollarda esa saraton kasalligi chalinish kuzatiladi. Immunitet 2 xil bo’ladi: tug’ma va orttirilgan bo`ladi.Chaqaloq tug’ilishigacha uninh qonida ko’pchilik kasalliklarga qarshi tayyor antitelolar hosil bo’ladi.Bu xildagi immunitet ota onadan bolaga beriladigan tug’ma immunitet hisoblanadi.Tug’ilgan paytdan boshlab tanani tashqi tomondan zararli moddalardan va turli patologik jismlardan himoya qiladi. Tug’ma immunitet, shuningdek, bosqin joyida begona mikroorganizmlarga qarshi kurashadigan qon hujayralarini ham o’z ichiga oladi. Teri va shilliq qavat qo’shimcha muhim himoya to’siqlari hisoblanadi. Orttirilgan immunitet hayot davomida tug’ma immunitet bilan yo’q qilinmagan begona mikroorganizmlar (masalan, bakteriyalar) bilan aloqa qilish natijasida shakllanadi. Orttirilgan immunitetning ishlashini antitanalar deb ham ataladigan hujayralar va oqsillar kompleksi ta’minlaydi. Orttirilgan immunitet immun tizimi bilan antigen uchrashgandan bir muncha vaqt o’tgach shakllanadi. Aynan shuning uchun birinchi bosqich hujayralarning bo’linishi va farqlanishi va antitanalarning paydo bo`lishi uchun muhim ahamiyatga ega. Organizmni infeksion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati boʻyicha uchga boʻlinadi: 1.Filogenetik I. — anatomik va fiziologik belgilar bilan taʼminlanib, nasldan naslga oʻtadigan nomax-sus himoya omillari. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi boʻlib aloqa qiladi,. shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining koʻpgina yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilariga chidamliligi taʼminlanadi.
  1. Tugʻma I. (turga xos, tabiiy) — bu ota onadan bolaga o’tadigan immunitetdir. Masalan, it, qoramol, tovuqlarning oʻlat kasalligi qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqmaydi, oʻz navbatida odamlardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qoʻzgʻatuvchilari hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatmaydi. Turga xos I. uzoq yillar davomida evolyusiya natijasida makroorganizm bilan patogen mikroorganizmlarning oʻzaro munosabati oqibatida vujudga kelgan.
  2. Orttirilgan I. —hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan taʼsirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya omili boʻlib, nasldan naslga oʻtmaydi. Orttirilgan I. tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy I. oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi: 1) tabiiy faol I. — yuqumli kasallikdan sogʻaygandan soʻng yuzaga keladi; 2) tabiiy sust I. — onadan bolaga yoʻldosh va sut orqali oʻtadi. Sunʼiy I. ham ikki xil boʻladi: 1) sunʼiy faol I. vaksinalar bilan emlaganda hosil boʻladi; 2) sunʼiy sust I. — zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan sung yuzaga keladi. Orttirilgan I. mikrobga qarshi (antibakterial I.) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik I.) vujudga keladi. Antibakterial I. oʻz navbatida steril va nosteril turlarga bulinadi. Steril I. da kasallikdan soʻng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos). Nosteril I. da kasallik qoʻzgʻatuvchisi organizmda saqlanib qolishi mumkin (maye., sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari ku-zatilmaydi, ammo I. maʼlum bir sabablarga koʻra susaysa, kasallik qaytalanishi (retsidiv) mumkin.
Adaptiv I. bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga koʻchirib oʻtkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladi. Mas., oq qon kasalligida oʻzgargan qon hujayralari oʻldirilib, donor sogʻlom odamdan koʻmik koʻchirib oʻtkaziladi. Toʻqima va aʼzolarni donordan retsipiyentga koʻchirib oʻtkazishda rivojlanadigan qimoya transplantatsion I. deb ataladi. Bu himoya koʻchirib oʻtkazilgan toʻqima va aʼzolarning bitib ketmasligiga va ularning nekrozga uchrashiga sabab boʻladi. Muayyan toʻqima va aʼzoda maʼlum bir omilga qarshi rivojlangan himoya mahalliy I. deb ataladi. Bu himoya sirtqi immun sistema aʼzolarining faolligi hisobiga yuzaga keladi. Xulosa qilib aytamanki,insonda immunitet qanchalik mustahkam bo’lsa, organizmning kasalliklarga chidamliligi shuncha yuqori bo’ladi.Immunitetni oshirish uchun tabiiy vositalardan foydalanish kerak.Immunitetni mustahkamlash avvalo muvozanatli ovqatlanishdan boshlanadi.Buninh uchun ovqat ratsionimizni 4 xil mahsulot tashkil qilishi kerak.Bular sut va sut mahsulotlari,go’sht mahsulotlari,sabzavot-meva guruhi va don mahsulotlari. Foydalanilgan adabiyotlar 1.  Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 2. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 2.  Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 3.  Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.