Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Geometriya kursida  “Vektorlar” mavzusini oʻqitishda oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirish

Ismatov Normurod Asatulla oʻgʻli1 Jizzax davlat pedagogika universiteti oʻqituvchisi Oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirish muammosi koʻp qirrali va uni hal qilish kompleks didaktik yechimlarini talab etadi. Bu oʻta murakkab didaktik vositalar oʻzida xususiy didaktik vositalarni talab etib ularni qoʻllash oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu yerda oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan quyidagi yoʻnalishlar tanlab olinadi:
  • fikrlash faoliyati usullarini shakllantirish;
  • oʻquv materiali mazmunida yetakchi elementlari tanlash va ularni “oʻzida yangi axborotlarni saqlovchi” masalalari zanjiri koʻrinishida yetkazish;
  • geometriya kursida vektor apparatini oʻrganish jarayonida fuzionizm gʻoyasidan foydalanish;
  • oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirishga xizmat qiluvchi masalalar tizimini yaratish.
Biz oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirishni vektorlar va ularni matematika kursiga tadbiqlari misolida koʻrib chiqamiz. Birinchidan, vektorlar va ularning matematika kursidagi tadbiqlari dastur talablariga mos boʻlib, vektor tushunchasi matematikaning muhim tushunchalaridan hisoblanadi. Ikkinchidan, vektorlar matematika va mexanikaning turli sohalarida juda keng qoʻllaniladi, demak, oʻquvchilar oʻz faoliyatlarida bu oʻrinda fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bundan tashqari vektorlar metodi bilan masalalar yechish yetarlicha toʻliq ishlab chiqilmaganligi sababli oʻquvchilar geometriya kursi masalalarini  yechishda an’anaviy usuldan koʻproq foydalanishadi. Bizlar taklif  qilayotgan fikrlash faoliyati usullaridan oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirishning bir yoʻli sifatida foydalanish ta’lim oluvchilar uchun masalalarni vektor usulidan foydalanib yechishga yorqin misol boʻlib xizmat qiladi. Geometriya oʻqitish jarayonida masalalar yechish nazariyasi va amaliyotida hozirgacha vektor tushunchasi bilan bogʻliq boʻlgan bazaviy bilimlar va faktorlar ajratib qaralmaydi. Shuning uuchun biz tomondan taklif qilinayotgan oʻzida yangi axborotlarni saqlovchi masalalar zanjirini tuzish usulini oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirishning ikkinchi yoʻli sifatida qarash matematika kursida vektorlar va ularning tadbiqlarini oʻqitishda muhim natijalarni qoʻlga kiritish imkoniyatini yaratadi[2]. Vaholanki vektor, vektorlar ustida amallar, vektorlarning skalyar koʻpaytmasi ta’riflari ham tekislikda, ham fazoda bir xil boʻlganligi sababli, aynan oʻrta ta’lim muassasalari matematika kursida oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirishda fuzionizm gʻoyasidan foydalanishni koʻrgazmali ravishda samarali amalga oshirish imkoni mavjud boʻladi. Endi “Vektorlar” mavzusini oʻqitishda oʻquvchilarni matematik tayyorgarligini shakllantirish borasida taklif qilinayotgan usullarni batafsil tahlil qilishga oʻtamiz. Keyingi paytlarda psixologlar, metodistlar tomonidan fikrlash faoliyati usullarini shakllantirish va ulardan foydalanishga katta ahamiyat berilayapti. Biz vektor apparatni oʻrganishda fikrlash faoliyat usullarini shakllantirish va ulardan foydalanish muammosini alohida qaraymiz. Fikrimizcha bu boʻlimni oʻqitish yuqorida qoʻyilgan muammoni muvaffaqiyatli hal qilishga xizmat qilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlangan edikki, psixologlar ixtiyoriy fikrlash jarayoni asosida ikkita fikrlash usuli analiz va sintez yotishi haqida bir fikrga kelishgan. Shuning uchun ham avvalo aynan shu fikrlash usullarini shakllantirishga e’tibor qaratish kerak. Fikrlash faoliyat usullarini qoʻllay olishi va ulardan foydalanishga oʻrgatish uchun “Vektorlar va ular ustida amallar” boʻlimining har bir mavzusi boʻyicha masalalar ketma – ketligini tuzib chiqdik. Hozir biz javoblari xulosa chiqarishga oʻrgatadigan, ya’ni masalaning shartidan natija olishga oʻrgatadigan masalalar va savollar majmuasini qaraymiz. Bunday savollardan “sintez” fikrlash usulini shakllantirish maqsadida foydalanish mumkin. V.A.Gusevning [2] oʻquv qoʻllanmasida bunday masalalar  belgi bilan belgilangan. Bu masalalar orqali oʻquvchilarning nazariy materialni qanchalik oʻzlashtirganligini aniqlash mumkin. Bunday masalalar qaysidir ob’ekt xossalari toʻgʻrisida tasavvurni shakllantirishga xizmat qiladi. Agar oʻquvchi nazariy materialni oʻzlashtirgan boʻlsa, u holda rasmga qarab savollarga birdaniga javob bera oladi. Bunday masalalarda hisoblash ishlarini bajarish talab qilinmaydi, chunki bu masalalar oʻquvchilarning fikrlash faoliyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Dadajonov N.D., Jо‘rayeva M.SH. Geometriya. I qism. Toshkent, “О‘qituvchi”, 1996-224b.
  2. Гусев В.А., Колягин Ю.М., Луканкин Г.Лю Векторы в школьном курсе математики. // Пособие для учителей.-М: Просвещение, 1976. – 47с
  3. Eshpulаtоv N.О., Raxmonov I.Ya. Boʻlajak matematika oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini shakllantirish (vektorlar mavzusini oʻqitish misolida) T.: “Arnaprint” 2009 yil. 136 b