Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2022
Chop etish
Fuqaro muhofazasi oyligi  doirasida “Is gazidan ogoh bo‘ling!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Institut Fuqaro va mexnat muhofazasi bo‘limi, Jizzax shaxar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi  , viloyat DSENM  mutaxassislari  institut professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirokida o‘tkazlgan tadbirni Yoshlar masalalari, manaviy-marifiy  ishlar  bo‘yicha  birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.

So‘zga chiqqanlar  Respublikamiz bo‘ylab is gazidan zaharlanish holatlari va yong‘inlar ko‘payotgani, ayniqsa bu xolatlarning o‘lim bilan tugashi ayanchli ekanligini, bunday vaziyatdarda har bir fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalaridan xabardor bo‘lishlari kerakligini alohida ta’kidlashdi. Har yili isitish mavsumidan oldin dudburon,  havo almashish kanallari, isitish jixozlari va uskunalari sozligini tegishli tashkilotlar mutaxassislari tekshiruvdan o‘tkazishi lozim. Nosoz deb topilgan gaz jihozlari va inshooatlari to‘liq ta’mirlanib, soz holatga keltirilmagunicha, undan isitish maqsadida foydalanmaslik kerak. Noxush holatlarga duch kelganda darxol tez  tibbiy yordamga va FVBga qo‘ng‘iroq qilishlari kerakligi  haqida ham  tushunchchalar berishdi.

 

Shuningdek tadbir davomida sifatsiz oziq-ovqat maxsulotlardan zaxarlanishni, kuchli yog‘ingarchilik davrida sel suv toshqinlarini oldini olish bo‘yicha shakllantirilgan  yo‘riqnomalar ishtirokchilarga tarqatildi.  Qutqaruv ekipaj a’zolari ko‘rgazmali kurollari ham namoyish etildi.

 

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollariga soha mutaxassislari javob berishdi.


Ulashish:
977
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Amir Temur vorislari”...
JDPU va Belarus davlat pedagogika universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Belarus davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish hamda uni yangi bosqichga...
“Future-Ready Curriculum: A Global Transformative Approach” loyihasi doirasida kelajak ta’limi mazmuni muhokama qilindi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan Namoz Karimov malakani oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.