Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
23/02/2023
Chop etish
FIZIKA FANINI O`QITISHDA INTERNET SAYTLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI  

ABDUVASIYEV  SARDOR BAHROM O`G`LI

Jizzax davlat pedagogika universiteti

 Annotatsiya. Fizika ta`limida axborot va kompyuter texnologiyasini qo`llashning zamonaviy yo`nalishlaridan biri fizikaviy jarayonlarni va tajribalarni kompyuterda modellashtirish hisoblanadi. Ushbu maqolada bir qancha internet saytlari misolida fizika faninidagi tajribalarni modellashtirish namunalari keltirilgan  .

Kalit so’zlar: axborot va kompyuter texnologiyalari, virtual laboratoriya, modellashtirish, animatsiya.

 

Aniq va tabiiy fanlar, xususan fizika va astronomiya fanini o`qitishda virtual labaratoriyalardan hamda namoyish tajriba eksperementlaridan foydalanish juda ham qulaydir. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fizika o‘qitishda quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • multimedia dasturlari va kompyuter simulyatsiyalari;
  • video ilovalar;
  • animatsiyalar;
  • mos yozuvlar xarakteriga ega elektron vizual materiallar – gipermatn,
  • ma’lumotlar jadvallari,
  • grafika,
  • chizmalar,
  • sxemalar,
  • formulalar,
  • tasvirlar va boshqalar;
  • kompyuter taqdimotlari;
  • fizika masalalarini yechish uchun kompyuter interaktiv dasturlari;
  • fizika fanidan kompyuter (virtual) interaktiv laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun kompyuter dasturlari;
  • real va kompyuter interaktiv fizik tajribalarini (namoyish va laboratoriya) o’tkazishda olingan natijalarni qayta ishlash va taqdim etish uchun kompyuter ilovalari;
  • talabalarning o’quv yutuqlarini tekshirish va baholash uchun kompyuter interaktiv testlari; elektron darsliklar va qo’llanmalar;
  • interaktiv doskalar;
  • virtual sinflar va laboratoriyalar;
  • elektron ta’lim;
  • bulutli texnologiyalar;
  • ijtimoiy tarmoqlar;
  • ta’lim veb-saytlari;
  • onlayn darslar va elektron maslahatlar va boshqalar

Shu bilan birgalikda quyidagi internet saytlar ham  fizikaviy bilimlarni qo`llash va virtual labaratoriyalarni amalga oshirish uchun qulay hisoblanadi:

Tabiiy fanlar yo`nalishida 2001-yildagi Nobel mukofotining laureati K.Viman tomonidan ―Physics Education Technology (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo`lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan.

PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo`lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo`lib, ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o`tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. PhET dasturi O`zbekiston davlat ta‘lim standartlariga va o`quv muassasalarida qo`llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi.

PhET dasturidagi modellardan fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlaridan dars mashg`ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashg`ulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkun.

 

 

 

 

 

 

 

 

Ushbu saytga o`xshash yana ko`plab  internet sayti mavjud bo`lib, bulardan biri  https://www.vascak.cz/physicsanimations.php?l  saytidir.  Ushbu sayt  polshalik dasturchi Vladimir Vazcak tomonidan yaratilgan bo`lib, ushbu  saytda  fizika, informatika va  imyo fanlaridan virtual labaratoriyalar va har xil namoyish tajribalarni ko`rishmiz mumkun.

 

 

Ushbu saytda juda ko`plab mavzularga doir tajribalar kiritilgan bo`lib, ushbu saytlar orqali o`quvchilarga mavzuni kengroq va batafsilroq tushuntirishimiz mumkun.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi internet  orqali o`qituvchi o‘quvchi va talabalarga fizika fanidan asosiy bilimlarni berib qo`ymay, ularda fanga qiziqishini uyg`ota olishlari, shu tariqa bu sohada yuqori ma`lumotli kadrlar yetishtirib chiqarishga erishiladi. Yangi pedagogik va kompyuter  texnologiyalarni qo`llab o`tilgan dars an‘anaviy dars o`tish usuliga qaraganda qulay va shu jumladan, o`tilgan mavzuni tez tushunishga imkoniyat yaratadi, o‘quvchi va talabalarni o`z ustida ishlashga undaydi va eng asosiysi vaqtni tejashga yordam beradi. O`qituvchi o‘quvchi va talabalarga bir xil narsani takrorlab, zeriktirib qo`yishi mumkin. Shuning uchun yuqorida keltirilgan saytlar yordamida dars o`tilsa, darsning unumdorligi yanada oshgan bo‘lar edi.

ADABIYOTLAR

  1. Демин Е.В. Методика использования новых информационных технологий в процессе преподавания квантовой физики в педагогических ВУЗах.: Дис. канд. пед. наук. – М., 2004.
  2. Ариас Е.А. Дифференцированный подход к обучению физике студентов различных нефизических специальностей университета. // Дис. канд. пед. наук. – Санкт-Петербург. 2004
  3. 3. Ирматов, Ф. М. Эффективность современных образовательных технологий в педагогическом процессе (на примере обучения физике). научное знание современности, (8), 34-37.
  4. 4. Irmatov F. Talabalarning fizika fanidan o’zlashtirish darajalarini oshirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. Fizika va texnologik ta’lim jurnali. https://science.jspi.uz/index.php/phys-tech/article/view/229
  5. Irmatov F.M. Nofizik mutaxassisliklar bo‘yicha fizika ta’limi samaradorligini oshirish yo‘llari // Pedagogika. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. –Toshkent. -2020.– 2-son. – B.86-90 6.
  6. Irmatov F. Assessment of students’ levels of studying physics. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal : Vol. 2021 : Iss. 02 , Article 9.

DOI: https://www.doi.org/10.51348/tziuj2021S29

Available at: https://uzjournals.edu.uz/tziuj/vol2021/iss02/9

  1. https://phet.colorado.edu/en/simulations/browse

8. https://www.vascak.cz/physicsanimations.php?l=en


Ulashish:
1 207
Boshqa rubrikalarda mashhur

INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili JDPUda mehmon bo‘ldi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga Hindistonning INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili janob Ryan C. Vaz rasmiy tashrif buyurdi. Ushbu tashrif JDPU bilan imzolangan ikki tomonlama hamkorlik...
JDPU va Hindistonning National Heart Institute o‘rtasida strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
2025-yil 7–9-iyul kunlari Jizzax Davlat pedagogika universitetiga (JDPU) Hindistonning National Heart Institute xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Dr. Anand Kumar Tripathi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan...
Jizzax davlat pedagogika universitetida ijodiy imtihonlar qizg‘in davom etmoqda.
Joriy yilning 7-iyulidan boshlab Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlardan ijodiy imtihonlar qabul qilinmoqda. Imtihonlar 14-iyulga qadar belgilangan jadval asosida o‘tkaziladi.