Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARDA NAFAS, OVOZ VA TOVUSHLARNI HOSIL QILISH USULLARI

Mirsaid Yunusov Xudayarovich Jizzax davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi yunusovm26@gmail.com Xomurzayeva Rayxona Logopediya yo’nalishi talabasi II bosqich talabasi Annotatsiya Maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarda talaffuz malakalarini shakllantirish, nutq apparati ustida talab qilinayotgan ishning u yoki bu usulini tanlashning zarurligi bilan bog’liq usullar batafsil yoritilgan. Kalit so’zlar: So’zning tovush-harf tarkibini aniqlash, faol nutqni rivojlantirish, maxsus mashg’ulotlar yordamida gap tuzishni o’rgatish, rasmga qarab gap tuzish va so’zlar bilan bajariladigan topshiriqlar. Аннотация В статье подробно описаны методы, связанные с формированием произносительных навыков у детей с нарушениями слуха, необходимость выбора того или иного метода необходимой работы над речевым аппаратом. Ключевые слова: Выявление звукобуквенного строя слова, развитие активной речи, обучение составлению предложений с помощью специальных упражнений, составление предложений по картинкам и выполнение заданий со словами. Abstract The article describes in detail the methods related to the formation of pronunciation skills in children with hearing impairment, the need to choose one or another method of the required work on the speech apparatus. Key words: Identifying the sound-letter structure of a word, developing active speech, teaching to make sentences with the help of special exercises, making sentences based on pictures and tasks performed with words.   Tayyorlov sinflarida eshitish idrokini rivojlantirish bo’yicha individual mashg’ulotlar ikkinchi chorakdan boshlab o’tkaziladi. Mashg’ulotlar ikki qismdan iborat: talaffuzni shakllantirish va eshitish idrokini rivojlantirish. Tayyorlov sinflarida eshitish idrokini shakllantirish ishining dasturda hajmi jihatdan katta emas. Dasturga keng qo’llaniluvchi jumla va so’zlar kiritiladi. So’z va jumlalarni eshitishga o’rgatish dastlab individual mashg’ulotlarda o’tiladi. Ishlab chiqilgan nutqiy material ast-sekin eshitish mashqlariga va frontal mashg’ulotlarga kiritiladi. Eshitish idrokini rivojlantirish bo’yicha o’tkaziladigan individual mashg’ulotlarda o’qituvchi hamma vaqt kar bolalarda eshitish qoldig’i kamligini esda tutish lozim. Maqtov, rag’batlantirish ishning asosiy tarkibiy qismidir. «Yaxshi», «to’g’ri», «barakalla» so’zlari darsda ishlatilishi kerak. Individual mashg’ulotlar boshlanishida ya’ni tashkiliy qismdan boshlanadi. Bu bosqichda o’qituvchi og’zaki-daktil yoki daktil nutqda topshiriq beradi. «Quloqchinlarni taqing». So’ng nutqni kuchlanishi tartibi qo’yiladi. III chorakda  eshituv-ko’ruv yoki eshitish orqali qo’yilganda savol beriladi: «Sen qanday eshitayapsan?», «yaxshi», «yomon». Mashg’ulotning oxirida o’qituvchi eshituv-ko’ruv yoki eshitishga «regulyator ovozini pasaytir», «quloqchinni yech» kabi so’zlarni beradi. Ushbu jumlalar o’quvchilarga tanish bo’lganligi sababli jadvallarsiz berilishi kerak. Ikkinchi chorakning boshida o’qituvchilar ovoz-kuchaytirgich apparaturalarga ko’nikadilar, nutqiy materialning og’zaki-daktil shakliga ega bo’ladilar. Mustaqil jumla nutqiga ega bo’lmaganliklari sababli eshitish idrokini rivojlantirish so’z materiali asosida beriladi. II chorak mobaynida o’quvchilar eshitish orqali didaktik materialni farqlash va didaktik materialsiz anglashni o’rganishlari lozim. II chorak dasturida nutq materiali 8 ta mavzuga bo’lingan. Har bir mavzuda 2-3 ta mashg’ulot o’tkaziladi. Mashq qilish tizimiga harf-tovush tizimini o’rganish, eshituv-ko’ruv idroki va so’zlarni eshitish orqali qabul qilish kiradi. So’zning tovush-harf tarkibini aniqlash So’zning tovush-harf tarkibini aniqlash mashg’ulotning dastlabki davridan boshlanadi. So’zning tovush-harf tarkibini aniqlash bo’yicha olib borilgan uchinchi mashg’ulot murakkablasha boradi. «Bu nima?» o’yini o’tkaziladi. Qopchada o’yinchoqlar bo’lib, o’qituvchi «Avto» so’zi yozilgan jadvalni ko’rsatib «U yerda nima bor?» deb so’raydi. O’quvchi o’qituvchiga taqlid etib «U yerda nima bor» deb qaytaradi. O’qituvchi og’zaki daktil orqali «avto», – deydi. O’quvchi eshituv-ko’ruv orqali idrok qilib og’zaki daktil bilan jadvalni ko’rsatadi. O’qituvchi qop ichidan «Avto» ni oladi. Faol nutqni rivojlantirish O’quvchilar o’rgangan istak iboralarini, masalan: «tur», «yoz», «doskaga chiq» va boshqalarni o’z nutqida ishlata boshlaydilar. Bunday matnlar xabar va so’roq gapga ham taalluqli bo’lishi mumkin. Masalan: Kitobni olsam bo’ladimi? Belkurakni olsam maylimi? Mening matematikadan daftarim yo’q?! Menda qaychi yo’q?! Mening koptogim yo’q. Nutqni o’rganishda bitta materialdan emas, balki turli sharoitdagi xilma-xil faoliyatlardan foydalanish lozimdir, bu bilan nutq materialini ko’p qaytarilishi va yaxshi mustahkamlashga to’g’ri keladi. Asta-sekin bolalar faoliyatiga taalluqli o’rgangan iboralar, dialoglar va suhbatlarga kiritiladi, tematik suhbatlar qatorida qisqa suhbatlar olib borish kerak. Darsni 10-15 minut o’qish mashg’ulotni egallaydi. Topshiriqni bajarish to’g’risida, maktabda bo’lib o’tgan qiziqarli hodisa to’g’risida, bayramlar haqida, navbatchilik to’g’risida, sinfdan tashqari ishlar haqidagi suhbatlar nutqni rivojlantirishni davom ettiradi. Tayyorlov 2-sinfda nutq va rivojlantirish darslari oddiy tarqalgan gap asosida olib boriladi. 3 sinfdan keng gaplar asosida olib boriladi, bunda gaplar dastur asosida kiritiladi. Shunday qilib o’quvchilar nutq muloqotini asosiy tarkibini egallaydilar. Muntazam ravishda bog’lanib dialog olib borish fikrini izohlashni o’rganadilar. Faoliyatning har bir turi bolalarda nutq vositasida ehtiyoj tug’diradi. Nutq rivojlanishi ishlarini o’quv rejasida tayyorlov sinfida haftasiga 5 soat, birinchi sinfda 4 soat, 3-5 sinflarda esa 3 soat vaqt ajratiladi. Bundan tashqari, sinfdan tashqari so’z muloqotini ifodalashini tarbiyachi olib boradi (sinfdan tashqari tadbir, fursat tadbiri). Ekskursiya paytida va o’quvchilarning tabiat hamda hayoti bilan tanishish vaqtida va darslardan tashqari maxsus o’tkazilgan darslarda, shu bilan bir vaqtda so’zlashish nutqining rivojlanishi mehnat faoliyati sharoitida o’tkaziladi. Kun tartibini bajarishda sport bilan shug’ullanish, turli o’yinlar orqali so’zlashish nutqi dasrida barcha imkoniyatlardan foydalaniladi. Bu imkoniyatni o’qish, matematika, rasm, qo’l mehnati, jismoniy tarbiya darslari taqdim etadi. Bolalarga xabar qilingan yangi so’zlar va nutq aylanmasini o’qituvchi talaffuz qiladi, doskadan, kitobdan, plakatlardan o’qishni taklif qiladi. Shunday qilib o’qituvchi nutqni har xil turlaridan foydalanib yangi materiallarini o’zlashtirishda eng yaxshi sharoit tug’diradi. Kiritilgan so’zlar va iboralarni mustahkamlash uchun o’qituvchi daktillashtirishga va yozma nutqda murojat qiladi. Sinfda devoriy plakatlar so’zlashuv materiallari, jadvallar bo’lishini tavsiya etadi. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktabida rivojlantiruvchi o’yinlarni ko’p turlaridan foydalanilsa bo’ladi. O’yinni tashkil qilishda, uni o’tkazish, o’yinning yakuni, nutqqa yangilik kiritishga imkon beradi va ma’lum materialni mustahkamlashga bir muncha misol keltiramiz. O’yin «Qayerdaligimni aniqla?» har xil materiallardan foydalanish mumkin, lekin asosan savollar topishmoqni rivojlantirishga va u yoki bu narsani jami javobini aytishga yordam beradi. Maxsus mashg’ulotlar yordamida gap tuzishni o’rgatish Nutq so’zlashish o’qitish bilan bog’liq faoliyatini har xil turlari qatorida maxsus mashg’ulotlar o’tkazish katta ahamiyatga ega, ayrim fikrlarni aytishda rejalashtirilgan mashg’ulotlardir. Bu tizim har bir sinf dasturida muntazam o’rganishni tavsiya qiladi. Misol uchun, bolalarni «Qayerda yotibdi?», «Qayerga qo’yding?», «Qayerdan olding?» degan savollarga o’rgatish uchun maxsus dastur lug’atidan foydalaniladi. 1- va 2-sinflarda so’zlashish nutqi maxsus mashg’ulotlarda yaqqol vaziyat vujudga keladi. Bunday vaziyat didaktik o’yinni eslatadi. 3-4 sinflarda so’zlashish, nutq mashg’ulotlarini o’tkazishda bolalarnining misollari asosida sayr qilgandagi materiallarda suhbatlar, o’qilgan hikoyalar va ekskursiya asosida o’tkaziladi. Ayrim so’zlashish tili nutq ustida ish olib borishda har xil mashg’ulotlar qo’llaniladi. Nutq faoliyatida gap tuzish malakalari asos bo’ladi, shuning uchun eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’qish jarayoni davomida ularni shakllanishga va mustahkamlashtirishga ko’p vaqt ajratiladi. Ular jumlasida og’zaki so’zlashish, yozuv nutqlari lug’at bilan ishlash va o’qish darsida hamda sinfdan tashqari darsda gap tuzish malakasini oshirishda asosiy ahamiyat ona tili darslariga qaratiladi. Gap tuzishni o’rgatish mehnat faoliyati bilan bog’liq, o’z-o’ziga xizmat qilish, o’yin va maxsus mashg’ulotlarda, gap tuzish mashg’ulotlari nutqqa kiritilgan lug’at bilan mustahkamlanadi. Bu mashg’ulotlar o’quvchida to’g’ri so’zlar tuzish malakasini ishlab chiqadi. U yoki bu predmetni o’zlashtirish sharoitida ish olib boriladi, predmetlar esa tegishli lug’at to’g’risidagi ma’lumotlarni mustahkamlashga qaratilgan. Misol uchun, predmetning mansubligini belgilash uchun uning xususiyatini va narsalar nomini qaytarishi uchun quyidagi mashqni o’tkazish mumkin. O’qituvchi bolalarga gap tuzishni aytadi va bunda u bolalarning kiyimini ko’rsatadi: «B nima?» – deb so’raydi. «Bu ko‘ylak, shim, fartuk, …» deb javob berishadi. O’qituvchi doskaga «Kamolaning ko’ylagi ko’k» – deb yozadi, o’quvchilar esa birgalikda o’qishadi. «Kimning ko’ylagi ko’k?» deb o’qituvchi so’raydi va «Kamolaning ko’ylagi ko’k», – deb javob oladi. O’qituvchi «Kamolaning ko’ylagi qanaqa?» deb davom etadi. «Ko’k» – deb javob berishadi. Bunda ega va fe’l aniqlanadi. Keyin o’quvchilar galma-galdan gap tuzishadi. «Gulhayoning fartugi jigarrang». «Iymonaning kamzuli ko’k rang». «To’lqinning sviteri yashil». «Olmaxonning ko’ylagi qizil». «Ilhomning shimi qora». Ish jarayonida qilingan xatolar to’g’rilanadi. Namoyish asosida gap tuzish bolalarni bevosita voqeani idrok etish bilan o’tadi, farqi shundaki ahamiyat markazida bolalarda u yoki bu predmetlar orqali o’qituvchi o’z faoliyatini paydo bo’lgan vaziyat orqali bolalarga tushuntiradi. Misol tarzida mashq yozishni keltirmagan fe’l bilan tuzilgan gap mashg’ulotni rivojlantiradi: Qo’ydi, to’kdi, ag’dardi, to’ldirdi. Bu fe’llar bilan qilingan harakatni namoyish qilish uchun stakan, piyola, banka, suv bilan grafin, patnis bilan likopcha kerak bo’ladi. Mashg’ulotlarni keyingi bosqichida o’qituvchi bergan va bolalar o’zlariga asos qilib olgan vazifalarni bajarishi va gap tuzishi lozim: «Gullola piyolaga suv qo’ydi» – kabi gaplarni. Rasmga qarab gap tuzish va so’zlar bilan bajariladigan topshiriqlar Rasmda tasvirlangan predmet vaziyatdan oldin ilgarigi hayoti tajriba ma’nosiga tushunishi kerak. Ayrim elementlar o’chirilishi kerak, ular aloqa o’rnatish kerak. Bolalar oldin suratni tahlil qilishadi. Foydalaniladigan suratlar har xil bo’lishi mumkin: predmetli, vaziyatli, syujetli, rolli. Bolalarning ishini kerakli tomonlama qaratish uchun rasmga savollar beriladi. Boshqa paytlarda o’xshash iboralarni tuzish bilan maqsadga erishish mumkin. 3-sinfda ma’lumki umumlashtirilgan tayyorgarlikda munosabatlarning ifodalashda rasmda berilgan vaziyatga qarab gap to’zish. Rasmda hovli, uyning bir qismi, ayvon bilan daraxtlar shohlar bolalar bekinmachoq o’ynaydilar. Rasmning qisqacha tahminiy tahlili. «Bu hovli». Bolalar hovlida o’ynaydilar, ayvon daraxt, shoxlar bor hovlida. Gap tuzish uchun lug’at beriladi. Masalan: bekindi, bekinmoqchi, bekindilar. Og’zaki gapni bolalarning o’zi tuzadi. «Setora ayvonga bekindi. Gulqiz daraxt orqasiga bekindi va boshqalar. Botir va Olima shoxlar orqasiga bekindilar». Yengillashtirilgan variantda bu ish savolga «Kim daraxt orqasiga bekindi?» Olima va Botir qayerga bekindi? So’zlar bilan bajaradigan topshiriqlar. So’zlar: so’ra, ber, ol, olib kel, bilib kel, ayt, qaragin. Mashg’ulotlarda o’quvchilarni kollektiv nutq faoliyatini tashkil qiladi va amalga oshiradi. Ular vazifaning rivojlanishini tushunishda, ko’nikmalarini mustaqil ishlatishda, iltimoslar, savollar, javoblar tuzishda o’zining bilimini xabar berishda xohishni bildirishda predmetga munosabatida qo’llaniladi. Bu fikrlar suhbat tarkibiga kiritilishi mumkin. Misol: o’qituvchi o’quvchiga vazifa bilan murojaat qiladi. Javondan kitoblarni olib bolalarga tarqat. O’quvchi vazifani bajara turib aytadi. Vohid mana sening kitobing. Vohid kitobingni ol. Va boshqa vaziyatlarda o’quvchi do’stiga murojaat qiladi. Salima Niginadan qalamni ol va menga ber. O’quvchi vazifani bajarib turib aytadi. Nigina iltimos qalamni ber. Mehroj qalamni ol. Dialog va suhbat olib borishni o’rgatish Ayrim fikrlarni aytishda so’z bog’lovchi nutqdagi munosabatlari orasida dialog orqali holatini egallaydi. Dialog bog’lanishlardan tuziladi. Dialogda nuqtalar ikki suhbatlashuvchi orasida taqsimlanadi, dialog yaqin suhbatlarda suhbatlashuvchilar soni chegaralanmaydi, suhbatlashuvchilar doim o’zaro rol almashadilar, mavzuga amal qilish berilgan savol va javob o’rtasidagi ma’noli va logik bog’lanishlar orqali bo’ladi. Bolalarni ish jarayonida olingan ko’nikmalari hosil qilinadi. Metodik usulni tanlashda bolalar olgan ko’nikmalarini unutmaslik kerak. Dialog va suhbat olib borishda malakasini programma tarkibida bo’ladi. Birinchi sinfdan foydali va nutqda to’g’ri so’zlashish qoidalarini o’rganib borishadi. Didaktik o’yinlar oddiy dialogni o’rganishda qo’llaniladi. Boshida berilgan vaziyat o’yin jarayonida o’zgartiriladi. O’zgarishlarni ko’rib bolalar tez o’zlashtira boshlashadi, bu o’yin shaklida asos bo’ladi. bu tipdagi nutq materiali devoriy shaklda beriladi. Savollar va javoblar o’zlashtirilgani sari dialogni jadvalsiz olib boriladi. Tayyorlanadigan va olib boriladigan mavzular turli va hayotdan olingan bo’lishi kerak. Misol uchun 3-sinfda bolalar o’rtasida «Kitob haqida o’ylarim?», «Maktabdagi va uydagi bayramlar». Yuqorida keltirilgan mavzularni ayrimlari bilan olib boriladigan dialog va suhbatlar barcha sinflarda o’tkazib borilgan materiallar asosida olib boriladi. Shu bilan sinfda olib boriladigan suhbatlar bolalarni, dam olish kuni bo’lgan voqea va hodisalarni ekskursiya, ko’rilgan filmlar, o’qilgan kitob haqida bo‘lishi mumkin. Dialog va suhbatlarni olib borish rasmlar va seriallarni syujetlar bilan olib borilishi katta ahamiyatga ega. Diaologlarda ishtirok etuvchilarning soni sekin-astalik bilan mustaqil olib boriladi. 1-sinf o’quvchilari dialoglarni tayyor berilgan rasm va qo’shimcha so’zlar orqali olib borishadi. Har bolalar 1-sinfda mustaqil savollar to’zish va javoblar berishi, suhbatda ishtirok etishi, logik, ketma-ketligini kuzatib borishi kerak. Mashg’ulot davomida ishtirok etuvchilarda, dialogda qatnashish malakalari oshib boradi va qatnashish malakalari olib boradi va o’qituvchi doim bolalarga yordam berishi kerak. Lekin esda tutish kerakki eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni og’zaki nutqida o’rganish jarayoni juda murakkab va bolalarda iborani talab qiladi. Shuning uchun darslardagi bosqichlarda o’qish malakasini oshirish uzoq va davomli bo’lishi kerak emas. Surdopedagog bolalarni dialogiga qatnashganda, o’rgatganda sinfdagilarning hammasi ishtirok etishiga e’tibor berishi lozim. Bolalarning diqqatini sodda dialoglardan tuzish lozim. Suhbat olib borishni o’rgatish. Suhbatga ayrim fikrlarni qo’shish mashqlari asosan 4- va 3-sinflarda qo’llaniladi. Bolalar ma’lum bir darajadagi fikrning ko’p turlarini o’zlashtirganlarida va ayniqsa murakkab konstruktsiyalar ustida ish olib borishda qo’llaniladi. So’zlashish nutq materiallarini mustahkamlashda bu turdagi barcha sinf mashg’ulotlarida keng qo’llaniladi. Suhbat yaqqol ko’zga ko’rilgan vaziyat asosida avj olishi mumkin yoki bolalarni ilgari olingan tajribasiga asoslanib, asosiy ta’lim-tarbiyaviy maqsadni qo’llaydi, uning rivoji voqealar, predmetlarni tasvirlashga va ularni o’zaro bog’lanishga yoki bu turdagi dialogiga o’z fikrini aytishi asos bo’ladi. Kishidagi barcha yaxshi fazilatlar tilning mahsulidir. Ona tilini sevish, puxta o’rganish, hosil qilingan malakalarni adabiy talaffuz va imlo qoidalariga muvofiq amalda to’g’ri qo’llay bilish madaniyatlilik belgisidir. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Кузьмичева Е.П., Яхнина Е.З. Обучение глухих детей восприятию и воспроизведению устной речи / под ред. Назаровой Н.М. – М.: Академия, 2011.
  2. Миронова Э.В. Обучение внезапно оглохших (детей и взрослых) восприятию устной речи/учебно-методическое пособие. М.2000.
  3. Атабаев, Ш. Э., & Юнусов, М. Х. (2019). Методика обучения детей с нарушением слуха на основе мультимедийных средств. In ИНФОРМАЦИЯ О КОНФЕРЕНЦИИ(p. 22).
  4. Khudayarovich, M. Y. (2022). THE ROLE OF COMPUTER TECHNOLOGY IN SPECIAL EDUCATION. Web of Scientist: International Scientific Research Journal3(1), 655-660
  5. Yunusov, M. (2021). Eshitish qobiliyatini rivojlantirish darslarida multimedia vositalaridan foydalanish metodikasi. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (1). извлечено от https://journal.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1190
  6. Yunusov, M. (2021). Maktabgacha yoshdagi eshitish qobiliyati cheklangan bolalar talaffuzini korreksiyalashda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании1(4). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4599
  7. Yunusov, M. (2021). Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning kognitiv faolligini rivojlantirishda axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании1(3). извлечено от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4062
  8. Yunusov, M. (2021). Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalashning innovatsion ko’rgazmali usullari. Scienceweb academic papers collection.
  9. Yunusov, M. (2021). Eshitish qobiliyati cheklangan bolalarda o‘quv faoliyati uchun motivatsiyani oshirish vositasi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish. Scienceweb academic papers collection.
  10. Yunusov, M. (2021). Kar bolalarni o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. Scienceweb academic papers collection.