Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/12/2021
Chop etish
E’lon!!!

O‘zbekistonning Tokiodagi Elchixonasining ma’lumotiga ko‘ra, diplomatik vakolatxona tomonidan Nagasaki universiteti bilan O‘zbekiston talabalariga stipendiya ajratish masalasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Universitet dastlabki bosqichda Axborot va ma’lumotshunoslik fakulteti bakalavriatiga ikki nafar talabani qabul qilishini malum qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar – umumiy ta’lim muassalalari (10-11 sinf), litsey va kollej bitiruvchilari bo‘lishi hamda matematika, ingliz va yapon tillarini mukammal bilishi lozim (ularning bilim darajisini sinash uchun Nagasaki universitetining matematikadan kirish imtihonlar namunalariga havolalar ilovada

yuborilmoqda). Universitet bakalavriat darajasidagi darslarning aksariyati yapon tilida o‘qitilishi sababli nomzodlardan yapon tilini JLPT N2darajasida bilishi talab etiladi (yapon tili bilim darajasi imtihonda tekshiriladi).

Ma’lumot uchun: Xalqaro hamkorlik bo’limi Sh.Rashidov 91 209 07 66


Ulashish:
971
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.