Ilmiy ommaviy maqolalar
Ilmiy ommaviy maqolalar
|
16/06/2026
Chop etish
DXSH ASOSIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya:

Mazkur maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida rahbar kadrlarning kasbiy mahorati, strategik fikrlashi, innovatsion yondashuvlari hamda jamoa bilan samarali ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, direktorlarning boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilgan mexanizmlar va amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:davlat-xususiy sheriklik, maktabgacha ta’lim, direktor, boshqaruv kompetensiyasi,liderlik,strategikboshqaruv,innovatsiya,ta’limsifati.

 

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i kengayib, ta’lim xizmatlari sifati va qamrov darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. Buesamazkur tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil eta oladigan, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan direktorlarni tayyorlash va ularning boshqaruv kompetensiyalarini muntazam takomillashtirishni talab etmoqda.

Boshqaruv kompetensiyasi — rahbarning maqsad qo‘yish, qaror qabul qilish, jamoani yo‘naltirish, nazorat qilish va natijaga erishish qobiliyatidir. U faqat nazariy bilimemas, balki amaliyotda samarali ishlay olish mahoratini ham anglatadi. Boshqaruv kompetensiyasi — burahbarning tashkilotni samarali boshqarishga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma, tajriba va shaxsiy sifatlar majmuasidir. U qanchalik yuqori bo‘lsa, tashkilot faoliyati shunchalik barqaror va samarali bo‘ladi. DXSH asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori pedagog, menejer, lider va tadbirkorlik qobiliyatlarini o‘zida mujassam etgan zamonaviy rahbar bo‘lishi lozim.

Boshqaruv amaliyotidan ma’lumki, rahbarlik murakkab jarayon boʻlib, u rahbardan nafaqat oliy ma’lumotga, balki yetarli kasbiy tayyorgarlikka, boshqaruv yoʻnalishida bilim, koʻnikma va kompetensiyaga, shuningdek, ma’lum tajribaga ham ega boʻlishni taqozo etadi. Ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida rahbarlarning eng asosiy va muhim funksiyalaridan biri – bu mustaqil qaror chiqarish funksiyasi boʻlib, ularning sifati ta’lim tashkiloti salohiyatiga, oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligiga, pedagoglar faoliyatiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi.

Ta’lim tizimini rivojlantirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan – texnika yutuqlariga asoslangan boshqaruvning eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yoʻnalishida bilim, koʻnikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi, bu oʻz navbatida pedagoglar orasidan menejerlik koʻnikmasini rivojlantirishning zaruriyatini belgilab beradi. Shundan kelib chiqib, ta’lim menejmentini rivojlantirish yoʻnalishidagi islohotlar barcha ta’lim tashkilotlarida oʻquv-tarbiyaviy jarayonni metodik tashkil etish va boshqaruv mexanizmlarini fan-texnika yutuqlariga asoslangan eng samarali, innovatsion metodlardan foydalangan holda takomillashtirish hamda boshqaruvga xos bilim, koʻnikma va malakalarni talab qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022  yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-289 sonli qarorida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga koʻtarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uygʻunligini ta’minlash maqsadida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 3–4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida olib borilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Albatta, amaliyot boʻlmasa, nazariyaning nafi kam. Shu bois pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi – talaba tajriba toʻplashi uchun ta’lim muassasasining shart-sharoiti va ichki tartib qoidalariga moslashishi, pedagogik jamoa bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratib berilmoqda. Chunki endi maktabgacha ta’lim tashkilotlar band ota-onalarning
farzandlari uchun kunni kech qiladigan oddiy dargoh emas, balki ta’lim va tarbiyaning birlamchi boʻgʻini hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qoʻyilgan poydevor mustahkam boʻlmogʻi lozim. Oʻz navbatida maktabgacha ta’lim tashkiloti ham boʻlgʻusi pedagogning nazariy tayyorgarligi, saviyasi, salohiyati bilan tanishib, oʻz tavsiyalari bilan kadrlar tayyorlashdek jarayonga bevosita jalb etilmoqda. Eng muhimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir boʻlgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari shakllanadi.

Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish — sohada ta’lim sifatini oshirish va xususiy investitsiyalardan samarali foydalanishning eng muhim shartidir. DXSH subyektlari ham davlat talablariga, ham biznes qonuniyatlariga bo‘ysunganligi sababli, ularning rahbarlari an’anaviy direktorlardan farqli o‘laroq, tadbirkorlik va ijtimoiy menejment ko‘nikmalarini birlashtira olishlari lozim.

Boshqaruv kompetensiyasi rahbarning tashkilot faoliyatini samarali rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va rivojlantirishga oid bilim, ko‘nikma va shaxsiy sifatlar majmuasini ifodalaydi. DXSH asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari nafaqat pedagogik jarayonni boshqarishi, balki iqtisodiy, moliyaviy va marketing faoliyatini ham samarali tashkil etishi lozim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, direktorlarning boshqaruv kompetensiyalari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: strategik kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, tashkiliy kompetensiya, innovatsion kompetensiya, huquqiy kompetensiya, moliyaviy-iqtisodiy kompetensiya, raqamli kompetensiya.

Strategik kompetensiya direktorning tashkilot rivojlanish istiqbollarini belgilash, maqsad va vazifalarni aniqlash hamda ularni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish qobiliyatini qamrab oladi.

Kommunikativ kompetensiya pedagoglar, ota-onalar, mahalliy hamjamiyat va davlat tashkilotlari bilan samarali muloqot qilish imkonini beradi. DXSH maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mazkur kompetensiya muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xizmatlar sifati va tashkilotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.

Innovatsion kompetensiya esa ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli vositalar va boshqaruvning yangi usullarini joriy etishni nazarda tutadi. Bugungi kunda raqamli boshqaruv tizimlaridan samarali foydalanish direktorlar faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Direktorlarning boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirilishi mumkin: malaka oshirish kurslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish, liderlik va strategik boshqaruv bo‘yicha treninglarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va stajirovkalarni tashkil etish, mentorlik va kouching tizimini joriy etish, raqamli ta’lim platformalari orqali uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta’minlash, faoliyat samaradorligini baholashning indikatorlar tizimini ishlab chiqish kabilar. Yana bir kompetensiyalarni takomillashtirish yo‘llari direktor doimiy o‘rganishi, zamonaviy boshqaruv kurslarida o‘qishi va biznes-treninglarda qatnashishi, amaliy mashqlar (keyslar) ya’ni haqiqiy hayotdagi qiyin vaziyatlarni tahlil qilishi, teskari aloqa (feedback) – jamoa fikrini eshitishi va oʻz ustida ishlashi, tajribali mutaxassislardan maslahat olishi va tajriba almashishi lozim. Samaradorlik jihatlari shundaki, ishlar tez va sifatli bajariladi, jamoa ishlashdan zavq oladi va natijaga intiladi, tashkilot bozorda kuchli oʻrin egallaydi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish ta’lim sifati va tashkilot raqobatbardoshligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Zamonaviy rahbar strategik fikrlay oladigan, innovatsion g‘oyalarni amalga oshiradigan, jamoani samarali boshqaradigan hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur. Shu bois, direktorlarning kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi kompetensiyaviy model va uzluksiz ta’lim mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Xulosa

Demak, ilgʻor strategik maqsadlarni oʻz oldiga qoʻyib, yangilanayotgan Oʻzbekistonda boshqaruv sohasida kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash borasida tub islohotlarni amalga oshirish, fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tizimli yoʻlga qoʻyishni davrning oʻzi talab qilmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistondagi jadal islohotlar davlat boshqaruvini takomillashtirishni, unda sifat oʻzgarishlari yasashni taqozo etmoqda. Bu vazifa davlat va jamiyatning taraqqiyotiga turtki boʻladigan omillardan oqilona foydalanish, ilgʻor mamlakatlar tajribasida sinalgan yondashuvlarni qoʻllashga undaydi. Eʼtiborlisi shundaki, ta’lim tashkiloti boshqaruvidagi oʻzgarishlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-maʼrifiy sohalar bilan uzviy bogʻliqlikda amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim tashkiloti boshqaruvi sohasining samaradorligini oshirish uchun ushbu uygʻunlikni ilmiy tadqiqotlarda aks ettirish zarurati tugʻiladi. Buning uchun ta’lim tashkiloti boshqaruvini mantiqan oʻzaro bogʻliq tarmoqlarni oʻz ichiga qamrab olgan, yaxlit soha sifatida ilmiy tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa ta’lim tashkiloti boshqaruvining mohiyati va oʻziga xos jihatlarini oʻrganish, shu asosda sohaga oid muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish imkoniyatini kengaytiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-289 sonli Qarori
  4. Zeyer E.F. Kompetentnostniy podxod v obrazovanii. – Moskva: Akademiya, 2019.
  5. Belaya K.Yu. Upravleniye doshkolnoy obrazovatelnoy organizatsiyey. – Moskva, 2021. OECD. Education Leadership and Management Report. – Paris, 2023.

 


Ulashish:
83
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...