Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/10/2021
Chop etish
“Dislaliyada Logoped sirlari” mavzusida  o’quv-amaliy seminar o‘tkazildi

A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maxsus pedagogika kafedrasi stajyor o’qituvchilari M.Yunusov va S.Axrorova hamda Defektologiya yo’nalishi talabalari tomonidan “Dislaliyada Logoped sirlari” mavzusida  o’quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda  kafedra mudirlari, prof-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

O’quv-amaliy seminarni Fakultet dekani dots. I.To’raqulova ochib berdi. U o‘z so‘zida Maxsus pedagogika kafedrasining barcha professor-o’qituvchilarni yaqinlashib kelayotgan 14-noyabr “Xalqaro Logopedlar kuni” kasb  bayramlari bilan tabrikladi. Shundan so’ng Maxsus pedagogika kafedrasining mudiri X.S.Akramova “Dislaliyada Logoped sirlari” mavzusida ma’ruza qildi. Dislaliya  bolaning normal eshitishi, ko‘rishi va nutq apparatining tuzilishi va faoliyati saqlangan holda tovush talaffuzining buzilishi hisoblanadi. Logoped  nutq kamchiligi bo’lgan bolalarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, chiroyli, ravon, ifodali gapirishga o’rgatadigan, nutq kamchiliklarini bartaraf etadigan pedagogdir. Dislaliya nutq kamchiligini korreksiyalashda nafas va til mashqlari, mayda qo’l motorikasini rivojlantiradigan har xil didaktik o’yinlar, nutq terapiyasi hamda logopedik massaj yordam beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, logoped korreksion-logopedik ish tizimini boshlagandan so‘ng bolalar bilan ota-onalari ham uyda birgalikda mustaqil ravishda shug‘ullanishi ham kerak, shunda natija samarali va tezroq bo‘ladi.

 

Seminarda Dislaliya va uni korreksiyalash haqida G.Jaloliddinova va A.Imanovalar o’zlarining taqdimotlari bilan ana shu mavzuni ochib berishga harakat qilishdi. Seminar so‘ngida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari T. Haqqulov so’zga chiqib “Dislaliyada Logoped sirlari” mavzusida o’tkazilgan o’quv-amaliy seminarda faol ishtirok etganlarni Sertifikatlar bilan taqdirladi.

 


Ulashish:
1 493
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.