Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/12/2020
Chop etish
Bugun JDPI da barcha tadbirlar Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi.

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. Bu kunni  talaba yoshlar darslarga qo‘ng‘iroq chalinmasdanoq  oliygohning kirish maydonida davlat madhiyasini kuylash bilan  bilan boshlab berishdi. Qolaversa har bir fakultetda barcha darslar madhiyamiz sadolari bilan boshlandi.

 

 

 

 

Jizzax davlat pedagogika institut Madaniyat saroyida  “Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda yig‘ilgan katta-kichik qo‘llari ko‘ksida madhiyamizni g‘rur bilan kuyladi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz..

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 28 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgani xalqimiz qalbida Ona Vatanidan g‘ururlanish tuyg‘usini yana bir karra yuksaltirishga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Tadbirda so‘zga chiqqanlar shu haqda so‘z yuritish bilan bir qatorda milliy g‘uruimiz, faxrimiz madhiyamiz dunyoning turli burchaklarida jarang sochishi uchun, talaba yoshlarimiz yutuqlari bilan yuqori marralarga erishilari lozimligi ta’kidlandi. Tashkil etilgan tantanali marosimda viloyatimizdagi taniqli sa’natkorlar, harbiylar,  Sa’natshunoslik fakulteti baddiy jamoasi, sportchilar, adabiyotshunoslar,  talaba yoshlar ishtirok etdi.

 Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 036
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.