Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/04/2020
Chop etish
“Boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar”,anjuman ana shunday nomlandi…

“Boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” Jizzax davlat pedagogika institutidaa bo‘lib o‘tgan  respublika miqyosidagi onlayin ilmiy-amaliy anjuman ana shunday nomlandi. .

Onlayn konferensiyada Respublikamiz va qo‘shni davlatlarning oliy ta’lim muassalaridan sohaning yetuk olimlari, professorlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistlar va bakalavrlar, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ilg‘or pedagog-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ta’kidlash  joiz anjumanga 4 ta sho‘ba mavzulari doirasida 150 dan ortiq maqola va tezislar qabul qilingan, tahrirdan o‘tkazilgan va materiallar to‘plam holida nashr qilingan.

Konfrensiyani ishini Jizzax davlat pedagogika  institut rektori professor Sh.S.Sharipov ochib berdi.

Shundan so‘ng mavzu  yuzasidan Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani f.f.n., dos.F.Ibragimova, Toshkent davlat pedagogika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor p.f.d, prof. B.S.Abdullaeva, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetidan p.g‘.k.,dotsent G.O.Jetpіsbaeva, f.f.n dos. Z. N. Mamarajabova, f.f.d. dos. G.U.Jumanazarova, p.f.n., dos. G.A.Xolboevalar ma’ruza qildilar. Anjuman davomida Qo‘qon davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti A.To‘raxo‘jaeva, Jizzax politexnika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori dotsent S.Tovboev, Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti dekani dotsent F. Ahmedovlar mavzu doirasida o‘z  fikr-mulohaza va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Konferensiya ishi 4 sho‘bada ko‘rib chiqildi:

1) Boshlang‘ich ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

2) Boshlang‘ich sinflarda ona tili va adabiy ta’limning dolzarb muammolari;

3) Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomillashtirish;

4) Boshlang‘ich ta’limni integratsiyallash masalalari

Konferensiya so‘ngida taqdim etilgan materiallar asosida boshlang‘ich ta’limda bugungi kunning dolzarb muammolari va ularning yechimlarini o‘rganish shu asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqib bosqima-bosqich  ishlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirilddi.

Ushbu konferensiya ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda olib borildi.

                         Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 531
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.