Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/05/2020
Chop etish
Biz siz bilan birgamiz, hamdardmiz…

Sardoba suv omborida yuz bergan toshqin natijasida bir necha o‘n ming nafar yurtdoshlarimiz Jizzax viloyatiga evakuatsiya qilindi. Jizzaxdagi turli o‘quv muassasalari yotoqxonalari va aholi xonadonlariga joylashtirilgan sirdaryoliklar shu kunning o‘zidayoq eng zarur narsalar bilan ta’minlandi. Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi ham ushbu kunda tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan sirdaryolik yurtdoshlarimiz holidan xabar olib, ularga kundalik ehtiyoj uchun ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishmoqda.

Moddiy ta’minot bilan bog‘liq masalalarda xotirjamlik bo‘lsada, ulardagi ruhiy zo‘riqish, qo‘rquv va xadik, yangi joyga begonasirash holatlari hali-hanuz qiynamoqda.

Kutilmagan talofatdan jabr ko‘rgan hamyurtlarimiz ko‘ngillarini ko‘tarish, yaxshi va yorug‘ kunlarga ishonch uyg‘otish maqsadida, institutdagi  psixolog, sotsiolog va pedagoglardan iborat ishchi guruhi tuzildi. Ayni paytda ushbu tajribali ustozlardan tuzilgan guruh a’zolari sirdaryolik hamyurtlarimiz joylashtirilgan har bir maskanga borib, suhbatlar o‘tkazishmoqda.

Suhbat davomida tushkunlikka tushib qolganlarga  psixologik ko‘mak berish bilan bir qatorda, ularni ruhan qo‘llab — quvvatlashmoqda. Ulardagi mavjud ruhiy holatni o‘rganish davomida shu narsa aniq bo‘ldiki, odamlarda davlatimizga, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga bo‘lgan ishonchi ularni xotirjam qilmoqda. To‘g‘ri og‘ir sinovli vaziyatda inson mol qayg‘usi, uy-joyini yo‘qotganligining natijasida og‘ir psixik holatni boshdan kechiradi. Biroq shirin jonining omon qolganligi, farzandlarining sog‘lom o‘z bag‘rida ekanligiga shukrona aytadi.

Suhbatdoshlarning birini fikrini keltirishni joiz deb uyladim “Men yurtim iqtisodiy ravnaqiga hissa qo‘shish maqsadida kattagina joyga dehqonchilik qilgandim, biroq tabiiy ofat endigina gulga kiradigan ko‘chatlarimini payxon qildi. Biroq men bu bilan cheklanib qolmayman, oyoqqa turib yana qayta ekin ekib mo‘l hosil yetishtiraman. Ollohning sinovlari bizlarni yanada jipslashishga undadi”.

Kimdadir mol qayg‘usi, yana kimdadir jon qayg‘usi. 50 yoshlarni qoralagan onaxon nabirasini bag‘riga bosib uychan o‘tirardi. Suhbatdoshimiz bo‘lgan onaxonning “kichik qizimni turmushga chiqarishim, o‘g‘il nabiramga tuy qilishim kerak edi” degan o‘kinch bilan gapirdi.

Albatta, og‘ir sinovli pallalarda xalqimiz yonida bo‘lish, uning muammolarini o‘zining muammolari deb his qilgan har bir fuqaro bugun qarab turgan yo‘q.

Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil etilgan 6 ta ishchi guruh o‘z ishlarini davom ettirib fuqarolarimiz dardiga darmon bo‘lishni davom ettiradi.

 

Jizzax davlat pedagogika instituti axbort xizmati


Ulashish:
867
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...
JDPUda “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yopildi.
2024-yil 30-iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida JDPU va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yakuniga yetdi.
Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.