Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BARQAROR TARAQQIYOTDA VA OILADA AYOLLARNING O‘RNI

Mirazimova Muxabbat Normatovna JDPU Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada barqaror taraqqiyotda, oilada va hayotning barcha sohalarida oilada va jamiyatda, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sport, tibbiyot, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va san’at sohalarida ayollarning o‘rni va faol ishtiroki hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli olib borilgan ishlari yoritilgan.             Аннотации: В данной статье роль и активная роль женщин в устойчивом развитии, в семье и во всех сферах жизни, в семье и обществе, в науке, образовании, спорте, медицине, предпринимательстве, производстве, сельском хозяйстве, культуре и искусстве. выделена широкомасштабная работа по повышению общественной и политической активности, развитию правового, политического, культурно-образовательного уровня.             Annotation: In this article, the role and active role of women in sustainable development, in the family and in all spheres of life, in the family and society, in science, education, sports, medicine, entrepreneurship, production, agriculture, culture and art. wide-scale work on increasing participation and social-political activity, development of legal, political, cultural-educational level is highlighted. Kalit so’zlar: Oila, bola tarbiyasi, odob-axloq, sog’lom bola, komil inson, ma’naviy muhit, oilaviy munosabatlar, shaxs kamoloti, aql-idrok, samimiylik.             Ключевые слова: Семья, воспитание ребенка, манеры, здоровый ребенок, совершенный человек, духовная среда, семейные отношения, развитие личности, интеллект, искренность.            Keywords: Family, child upbringing, manners, healthy child, perfect person, spiritual environment, family relations, personality development, intelligence, sincerity.   Davlat va jamiyatning nufuzi, tafakkuri, madaniyatini belgilaydigan mezonlar ko‘p. Lekin har qaysi millat va xalqning ma’naviy kamolotini oynadek aks ettiruvchi mezon, jamiyatning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Biz o‘tmishni yodga olar ekanmiz, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimiz, jahongir bobolarimiz qatorida, mana shunday buyuk insonlarni dunyoga keltirib, mehr bilan tarbiyalagan, ularni ulug‘vor ishlarga ruhlantirib, har bir ishda kamarbasta bo‘lgan fozila ayollarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz! Donishmand xalqimiz hamisha ayollarni e’zozlab yashagan, xotin-qizlarga yuksak ehtirom ko‘rsatib yashash el-yurtimizga xos azaliy qadriyatga aylangan”[1]. – degan fikrlari ayni haqiqat. “Ayollarning jamiyatdagi mavqei va rolini ko‘tarish davlatchiligimizning ustuvor va asosiy yo‘nalishlaridan biridir”, – degan so‘zlarining o‘zi ham yurtimizda ayollar masalasi naqadar muhimligidan dalolat beradi. Yurtimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi, oiladagi o‘rnini mustahkamlash borasida milliy mexanizm muvaffaqiyatli ishlab turibdi, unda xotin-qizlarning bandligi, ijtimoiy foydali mehnatdagi faol ishtiroki belgilangan. O‘zbekistonda ayollar harakatini kuchaytirish, o‘zbek ayollarining jamiyatda o‘z o‘rnini belgilash, O‘zbekiston ayollari iqtidor salohiyati yuksak ekanini dunyoga ko‘rsatish maqsadida hukumatimiz qator muhim hujjatlarni rasmiylashtirdi. Qolaversa, bugun xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topib, dunyo siyosatdonlari tomonidan e’tirof etilayotgan mamlakatimizning yangi parlamentida aynan xotin-qizlarning o‘z o‘rni, mavqei, darajasi bo‘lishi ham tabiiy. Xususan, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325 son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oilaning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi mavqei shu oila tarbiyachisi bo‘lmish ayol bilan belgilanadi. Zero, yangi avlod tarbiyachisi sanalgan ayol uning ongi va tafakkuri oilada shakllanib, milliy mafkuraning ilk tushunchalari ham ulg‘ayib voyaga yetgan oilada tarkib topadi. Shuni nazarda tutgan holda, oilada onaning namunali xulq-atvori, ma’naviy – ruhiy odobi, yaxshi tarbiya ko‘rganliklari, bolaga tarbiya berishdagi tajriba va talabchanliklari, bolalarning yoshligidanoq odobli, aqlli va har tomonlama madaniyatli bo‘lib o‘sishida muhim o‘rin tutadi. Ayol oilada va jamiyatda tarbiya posboni hamdir. Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat dastavval ota-onaga, aka-ukalarga, yaqin qarindoshlarga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatdan boshlanadi. Oilada ota-onaning farzandlari bilan qancha ko‘p vaqt birga bo‘lishi, o‘zaro muloqotlar, o‘rgatilgan bilim va ma’naviy qadriyatlarlar mehr tuyg‘usining shuncha mustahkamlanishiga olib keladi. Ayollar borasida amalga oshirilgan sa’y-harakatlarning bugungi samarasi ushbu sohadagi institutsional asoslarini tubdan takomillashtirish bilan uzviy bog‘liq. Modomiki, mustaqillikning ilk davri – demokratik islohotlar boshlanishida gender tenglik masalasi va ayollarning jamiyatdagi roli naqadar muhim ekanligi 1991 yildayoq alohida davlat tuzilmasi – Xotin-qizlar qo‘mitasi shakllantirilishi bilan yana bir bor o‘z tasdig‘ini topgan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishdagi institutsional asoslar tubdan takomillashtirilib, Oliy Majlis Senati huzurida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi joriy qilindi va 2022 yil 1 martdagi Prezident farmoni bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida qayta tashkil etildi. Senat Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida dastlab Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi ish boshlagan bo‘lsa, keyinchalik, ya’ni joriy yil 1 martdagi Prezident farmoni bilan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. Mana shu yilning mart oyida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi. E’tiborli tomoni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining maqomi va vakolatlari qonun darajasida belgilandi. Jumladan, 2019 yil 2 sentyabrdagi «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligiga erishish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish, jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitilganligi munosabati bilan hayotda og‘ir vaziyatga tushib qolgan insonlar huquqlarini himoya qilish va ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus muassasalarni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Bugungi kunda yurtimiz ayollari hayotning barcha sohalarida – ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sport, tibbiyot, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va san’at sohalarida faol ishtirok etmoqda. Ularning orzu-intilishlari, maqsad-muddaolari, jamiyatdagi mavqei ham o‘ziga xos va turlicha bo‘lishi tabiiy. Ayollarning ijtimoiy – siyosiy faolligini oshirish, huquqiy, siyosiy, madaniy – ma’rifiy saviyasini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borish lozim. Ular quyidagi faoliyat jarayonida amalga oshirilishi mumkin: – jamiyatda ayollar huquq va manfaatlarini qatiy himoya qilish, ayollar kamsitilishining har qanday ko‘rinishlariga barham berish uchun kurashish; – oila, onalik va bolalikning muhofazasini taminlash ishlarida faol qatnashish; – joylarda xotin – qizlarga huquqiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy huquqshunoslar maslahatlarini tashkil etish; – ma’naviy – ma’rifiy, diniy, axloqiy mavzularda suhbatlar ko‘lamini kengaytirish, taniqli adabiyot, san’at, fan namoyondalari bilan kechalar tashkil etish, ayollarning huquqiy va siyosiy ongini yuksaltirishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini joylarda joriy etishni yo‘lga qo‘yish; – xotin – qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini samarali hal etish maqsadida, ayniqsa, qishloq joylarida, ayollarni xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlikka jalb etish. – mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol xotin-qizlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish; – joylarda, jamoalarda asl yetakchilarni aniqlash, tanlash, siyosiy partiyalar hayotiga jalb etish, siyosiy jihatdan tayyorlash va keng jamoatchilik faoliyatini olib borishga ko‘maklashish. Muxtasar aytganda, jamiyatda ayol qadr-qimmati, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zotan, jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ifoda etish, davlat va jamiyat munosabatlarida ayollarning o‘rni va rolini yanada oshirish, ularning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish masalasi Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodini shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 1 mart PQ-146-son “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
  2. O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325 son Farmoni
  3. Musurmanova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1996.
[1] Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi. 2 Mart 2022 yil.