Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Bahorning elchisi, yaxshilikning belgisi, xush kelibsan Navro‘z…

(JDPI da sumalak sayli) Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga esh bo‘lgan tadbir. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra sumalakning tarixi 3000 yildan oshiq bo‘lib, bahor paytida, Navro‘zning boshlanishida tayyorlanib kelinadi. O‘ziga xos, shahona taom hisoblangan sumalak Navro‘z bayramining  taomi hisoblanadi. Sumalak pishirishning o‘zi qat’iy an’alar asosida ma’lum tartib qoidalarga amal qilingan holda bajariladi. Sumalak muqaddas taom sifatida qadrlanadi, alqanadi. Tadbirga taklif etilgan institut rektori Sh.Sharipov sumalak saylini mana shunday iliq so‘zlar bilan ochib berdi.     Bugun A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida bahorning Navro‘zning shohona taomi sumalak pishirilmoqda. Irimga ko‘ra har bir kishi yaxshi niyat bilan sumalak pishayotgan doshqozonni kovlashi shart. Shu bois sumalak sayligi taklif etilganlar birma-bir qozon kovlash baxtiga muyassar bo‘lishmoqda. Buni quyidagi tasvirlarimizdan ko‘rishingiz mumkin…   Sumalak pishirish shunchaki taom pishirish emas, balki yoshu qari yig‘ilib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demak.Jizzax davlat pedagogika institutining professsor-o‘qituvchilari talabalari ijrosidagi kuy qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz kiritdi… Asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli bugun oliygoh hovlisida yarashdi, xursandchilik, o‘yin kulgu va sayil zavqi  ko‘ngilda nekbin his tuyg‘ular  uyg‘otdi…Yaxshiyamki kelding bahor, bahorning elchisi, yaxshilikning belgisi, xush kelibsan Navro‘z…