Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2021
Chop etish
Asr vabosidan yoshlarimizni asraylik…

Asrimiz vabosi bo‘lgan OITS, giyohvandlik ofatidan xalqimizni va kelajak avlodni halos etish, ularni moddiy-ma’naviy barkamollik sari yo‘naltirishdek  hayrli ishlarga  joylarda o‘tkazilayotgan tadbir va uchrashuvlarni ham misol qilib olishimiz mumkin.

Joriy yilning 19 aprel kuni  Jizzax davlat pedagogika i nstituti Madaniyat saroyida talabalar uchun uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekisto Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik A.Matlyubov, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakil podpolkovnik D.Karimov  hamda O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi Jizzax viloyati bo‘lim boshlig‘i M.Sodiqovlar ishtirok etishdi. Tadbirda dastavval giyohvandlik va OIV infeksiyasining zararli oqibatlari aks etgan videoroliklar namoyish etildi. Shundan so‘ng  ma’ruzachilar OIV/OITS infeksiyasining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash borasida bir qator zaruriy ko‘rsatma va ma’lumotlarni berib o‘tishdi.

XXI asr vabosi nomini olgan OIV infeksiyasining oldini olish va kasallanganlarning hayot sifatini yaxshilash, OITS tarqalishining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash mavzuiga bag‘ishlangan tadbirda so‘zga chiqqanlar OIV/OITS kasalligining kelib chiqish tarixi, etiologiyasi, kasallikning dunyoda tarqalganligi, kasallik manbalari, kasallikning yuqish yo‘llari, qaysi holatlarda yuqmasligi, kimlar ko‘p kasallanishi va profilaktikasi bo‘yicha qiziqarli va mazmunli ma’ruza qilish orqali talabalarni ogohlikka da’vat etishdi.

Ma’ruzadan so‘ng  shifokor va mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.


Ulashish:
927
Boshqa rubrikalarda mashhur

Malayziya tajribasi asosida mahorat darslari tashkil etildi
Malayziyada malaka oshirib qaytgan JDPU o‘qituvchisi, mentor Kenjayeva Sanobar Ibragimovna Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari uchun seminar-trening o‘tkazdi.
JDPUda “Talabalar bahori – 2026” festivali galakonserti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar bahori – 2026” festivali doirasida galakonsert hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Yig‘ilishda qabul jarayonlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarga tezkor va xolis munosabatda bo‘lish masalalari atroflicha muhokama...