Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2025
Chop etish
JIZZAXDAGI QIROL SEJONG KOREYS TILI MARKAZI – BIR YOSHDA.

Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan Qirol Sejong koreys tili markazi o‘zining birinchi yilligini katta tantana bilan nishonladi.Tadbir Xangul – koreys alifbosi kuniga hamohang ravishda o‘tkazilib, yorqin va madaniy rang-barang dasturlarga boy bo‘ldi.

Dasturda markaz o‘quvchilari va universitetning koreys tili filologiyasi talabalari ishtirok etishdi. Tadbir davomida hip-hop raqslari, koreys qo‘shiqlari, qiziqarli tanlovlar, hamda “K-beauty”, “K-food” kabi master-klasslar tashkil etildi. Ishtirokchilar xanbok kiyib fotosessiya qilish, milliy taomlar tayyorlash va koreys madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Markaz menejeri janob Kimning ta’kidlashicha, Jizzaxdagi bo‘lim 2024-yilda 33 nafar tinglovchi bilan ish boshlagan bo‘lsa, hozirda 85 nafar o‘quvchi koreys tilini mukammal o‘rganmoqda. Markazda hafta davomida mashg‘ulotlar olib boriladi, har juma madaniyat kuni sifatida nishonlanadi.

Qirol Sejong markazi yoshlarga koreys tilini o‘rgatish bilan birga Sejong sertifikati orqali Koreyada ta’lim olish imkoniyatini ham yaratadi. Hozirgi kunda markazda 3-semestr o‘quv jarayonlari davom etmoqda.


Ulashish:
2 542
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...