Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘zgarishni o‘zimizdan boshlaylik …

Jizzax davlat pedagogika instituti rektori tashabbusi bilan tashkillashtirilgan nuroniylar bilan  bo‘lib o‘tgan uchrashuv ana shunday nomlandi.

Inson uchun eng murakkab ish, bu o‘zini o‘zi o‘zgartirishdir, – deydi institut rektori Sh.S.Sharipov . Biz yuqori natijalarga erishishmiz uchun  avvalo fidoyi va Vatanparvar  bo‘lmog‘imiz lozim.  Vatanparvar va fidoyi inson esa  hayotda o‘z yo‘lida hech qachon adashmaydi, yurt ravnaqi uchun doim xizmat qiladi. Buni u o‘z burchi deb biladi . Siz nuroniylar yoshlarga bosh bo‘lib mana shu savobli ishlarda yonimizda kamarbasta bo‘lib turishingizni istardim.  Men sizning har biringizda mana shu oliyjanob hislarni  amallaringiz bilan ko‘rsatib berishngizni  istardim. Tadbirni o‘z nutqi bilan ochib bergan oliygoh rektori shuningdek  institutni 50 yillik yubileyini o‘tkazish, kuchli yigirmatilik safiga qo‘shilish, ustoz va shogird a’nanasini davom ettirish, axborot texnologiyalarni barcha jarayonlarga joriy qilish, xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish , yakdil  bo‘lib muhitni yaxshilash haqida bir qator takliflarni ham aytib o‘tdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan professor o‘qituvchilar ham bu  borada o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Jumladan Xorijiy fakultet o‘qituvchisi  Z. Pardaeva bir qatorr muammolarga to‘xtalib, bugun  ilmiy ishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish.Vaqtdan va berilgan imkoniyatldardan to‘g‘ri foydalanish lozimligini, mustaqil izlanuvchi bilan uch yillik shartnomalarni imzolab, so‘rovlar o‘tkazish taqvimini tayyorlash haqida bir qator loyihalarni taqdim etdi.O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti U.Qosimov Jizzax davlat pedagogika institutining salohiyati juda katta ekanligini va bundan unumli foydalanish kerakligini , taqriz tizimini o‘zgartirish  zarurligini ta’kidlab o‘tdi.Tabiiy fanlar fakulteti o‘qituvchisi olim U. Raxmonqulov o‘z so‘zida loyiha va grantlarni ko‘paytirish, Jizzax davlat pedagogika institutiga qarashli lager bilan bog‘liq kelajakda asqotadigan  bir qator takliflarni o‘rtaga tashladi.  Qiziqarli va mulohazaga boy uchrashuv so‘ngida takliflar o‘rganilib tizimda tadbiq etishga kelishib olindi .

                                                                                                                                                  Jizzax davlat pedagogika institut axborot xizmati .