Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/02/2020
Chop etish
Jizzaxlik talaba yoshlar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi…

 

Joriy yilning 3-6 fevral kunlari Toshkent shahrida stol tennisi bo‘yicha talabalar o‘rtasida Universiada sport musobakalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Jizzax davlat pedagogika instituti talaba yoshlari ham munosib ishtirok etishdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va bir qator tashkilotlar tomonidan stol tennisi bo‘yicha o‘tkaziladigan Universiada sport musobaqalarida mamlakatimizning barcha hududidan 56 sportchi talaba g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Stol tennisi bo‘yicha musobaqalarning final bosqichida Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib Jizzax viloyati jamoasiga muhim ochkolarni olib keldi.

Aytish joizki Universiada sport musobaqasi yuqori saviyada o‘tdi. Ishtirokchilar musobaqa vaqtida xalqaro standartlarga mos tennis stollari, raketka va koptok bilan ta’minlanishdi. Musobaqalar adolatli o‘tishi uchun oliy toifali hakamlar hakamlik qilishdi. Universiadaning har bir yo‘nalishini sport mutaxassislari kuzatib borishdi.

Ushbu bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Jizzax davlat pedagogika instituti talaba yoshlari kelajakda nufuzli halqaro  sport musobaqalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilaoladigan sportchilar bo‘lishi shubhasiz. Bu esa stol tennisi bo‘yicha yangi nomlarni kashf etish va mazkur sport turini yanada ommalashtirishga olib keladi.

                                                                                                                                                                                   Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
914
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yopildi.
2024-yil 30-iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida JDPU va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yakuniga yetdi.
Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma