Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/10/2019
Chop etish
 Ona tilim- mening faxrim.

Ona tilim- mening faxrim. Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomalndi.

. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatori qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas ramzi hisoblanadi. “Davlat tili haqida” gi qonun chiqqaniga bu yil 30 yil to‘ladi . Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil eitlgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizing bor go‘zalligi va bugungi yoshlarimizning unga bo‘lgan e’tibori haqida to‘xtalib o‘tdilar

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

-“Davlat tili haqida”gi qonun tufayli ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish imkoniyati yuzaga keldi. Ayni paytda uni ilmiy asosda rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rildi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan yaratilgan turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari doimiy chop etib kelinmoqda. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni olaylik. U sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan,-deydi Jizzax davlat pedagogika instituti rektori  professor Abdug‘ani Xolbekov.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti Usmonjon Qosimov ,ona tili — millat g‘ururi, uning eng ulug‘ qadriyati, milliyligimiz, buyuk tariximiz, yuksak ma’naviyatimizning asosi ekanligini. Uzoq yillik tarixga ega  o‘zbek tili A.Navoiy davrida  (turkiy til) rivoji yana bir pog‘onaga ko‘tarilganligini, buyuk shoir va mutafakkiri bo‘lgan zot turkiy tilni lug‘at boyligi va nafisligi jihatidan boshqa tillardan hech ham kam emasligini o‘zining ko‘plab asarlari orqali isbotlaganligini takidlab o‘tdi. Ma’ruzachi o‘zbek tilining serma’no ekanligini ko‘rsatib beruvchi yurtimizning buyuk ijodkorlari she’rlaridan namunalarni aytib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Shuningdek tadbir davomida so‘zga chiqqanlar  o‘o‘zbek tilida yaratilgan ko‘plab mashhur asarlar jumladan , “Qutadg‘u bilig” asaridan parcha misollarni keltirishdi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar tomonidan buyuk ijodkorlarning ona-tilimizga atab yozilgan maqolalari va she’rlari  o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng, o‘zbek-tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.

Jizzax davlat predagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
8 476
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rahbariyati talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, prorektorlar hamda tegishli bo‘lim boshliqlari Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yotoqxonalardagi mavjud sharoitlar va talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Shanba — uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” doirasida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida an’anaviy tarzda har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Talabalar jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti...