Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
06/04/2019
Chop etish
Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik

Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik

Joriy yilning 4 aprel kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazi va Maktabgacha ta’lim fakulteti  hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Jizzax Arxetektura va qurilish KXXda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani  N. Qushvaqtov kirish so‘zi bilan ochib berdi : “ O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Amir Temur shaxsi, uning tarixdagi o‘rni va rolini haqqoniy baholash  tiklandi, uning muborak nomi yana xalqimiz timsoliga aylandi”.

            Shundan so‘ng, 307- guruh murabbiyi A. Qayumov “Yoshlarda jasorat va matonatni tarbiyalash omillari”mavzusidagi ma’ruza qildi. So‘ngra, Tarix fakulteti 4-kurs talabasi,  Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori J. Sangirov “Amir Temur –o‘zbek xalqining faxri va iftixori” mavzusida, institut ARM xodimi S. Isroilova “Kitobxonlik –ma’naviyat belgisi” mavzusida chiqish qildilar. Shuningdek, ARM bo‘lim boshlig‘i M. Hayitova mavzuga doir “Sohibqiron ruhi barhayot” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasini ishtirokchilarga qisqacha sharhlab berdi.

            Shundan so‘ng, 307-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbirni fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari T. Haqqulov “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” degan da’vat bilan yakunlab, ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.


Ulashish:
3 769
Boshqa rubrikalarda mashhur

Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...