Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida NIZOM» ga muvofiq amalga oshiriladi.
№ |
Hududlar nomi |
Mas’ul OTMning nomi |
Telefon raqami |
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Qoraqalpoq davlat universiteti |
0361 223-60-78 |
2. |
Andijon viloyati |
Andijon davlat universiteti |
0374 223-88-30 |
3. |
Buxoro viloyati |
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti |
0365 223-78-84 |
4. |
Jizzax viloyati |
Jizzax politexnika instituti |
0372 226-46-05 |
5. |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi davlat universiteti |
0375 225-34-13 |
6. |
Navoiy viloyati |
Navoiy davlat konchilik instituti |
0436 223-23-32 |
7. |
Namangan viloyati |
Namangan davlat universiteti |
0369 227-01-44 |
8. |
Samarqand viloyati |
Samarqand davlat universiteti |
0366 239-17-14 |
9. |
Sirdaryo viloyati |
Guliston davlat universiteti |
0367 225-40-42 |
10. |
Surxondaryo viloyati |
Termiz davlat universiteti |
0376 221-74-55 |
11. |
Farg‘ona viloyati |
Farg‘ona politexnika instituti |
0373 241-12-01 |
12. |
Xorazm viloyati |
Urganch davlat universiteti |
0362 224-67-00 |
13. |
Toshkent shahri va Toshkent viloyati |
Toshkent davlat pedagogika universiteti* |
0371 276-75-93 |
Izoh: Toshkent shahar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi talabalarning arizalari Toshkent davlat pedagogika universitetining CHILONZOR TUMANI, BUNYODKOR KO‘CHASI, 27 uyda joylashgan korpusi (binosi)da qabul qilinadi. Mo‘ljal: “Chilonzor” metro bekati.
O‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) istagini bildirgan fuqarolardan quyidagi hujjatlarni hududiy Ishchi guruhlariga taqdim etishlari so‘raladi:
1. Ko‘chirish (qayta tiklash) to‘g‘risidagi ariza (ariza blankalari hududiy Ishchi guruhlari tomonidan beriladi).
2. Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari.
3. Pasport nusxasi.