Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

FIZIKA FANINI O`QITISHDA INTERNET SAYTLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI  

ABDUVASIYEV  SARDOR BAHROM O`G`LI Jizzax davlat pedagogika universiteti  Annotatsiya. Fizika ta`limida axborot va kompyuter texnologiyasini qo`llashning zamonaviy yo`nalishlaridan biri fizikaviy jarayonlarni va tajribalarni kompyuterda modellashtirish hisoblanadi. Ushbu maqolada bir qancha internet saytlari misolida fizika faninidagi tajribalarni modellashtirish namunalari keltirilgan  . Kalit so’zlar: axborot va kompyuter texnologiyalari, virtual laboratoriya, modellashtirish, animatsiya.   Aniq va tabiiy fanlar, xususan fizika va astronomiya fanini o`qitishda virtual labaratoriyalardan hamda namoyish tajriba eksperementlaridan foydalanish juda ham qulaydir. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fizika o‘qitishda quyidagi imkoniyatlarni beradi:
  • multimedia dasturlari va kompyuter simulyatsiyalari;
  • video ilovalar;
  • animatsiyalar;
  • mos yozuvlar xarakteriga ega elektron vizual materiallar – gipermatn,
  • ma’lumotlar jadvallari,
  • grafika,
  • chizmalar,
  • sxemalar,
  • formulalar,
  • tasvirlar va boshqalar;
  • kompyuter taqdimotlari;
  • fizika masalalarini yechish uchun kompyuter interaktiv dasturlari;
  • fizika fanidan kompyuter (virtual) interaktiv laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun kompyuter dasturlari;
  • real va kompyuter interaktiv fizik tajribalarini (namoyish va laboratoriya) o’tkazishda olingan natijalarni qayta ishlash va taqdim etish uchun kompyuter ilovalari;
  • talabalarning o’quv yutuqlarini tekshirish va baholash uchun kompyuter interaktiv testlari; elektron darsliklar va qo’llanmalar;
  • interaktiv doskalar;
  • virtual sinflar va laboratoriyalar;
  • elektron ta’lim;
  • bulutli texnologiyalar;
  • ijtimoiy tarmoqlar;
  • ta’lim veb-saytlari;
  • onlayn darslar va elektron maslahatlar va boshqalar
Shu bilan birgalikda quyidagi internet saytlar ham  fizikaviy bilimlarni qo`llash va virtual labaratoriyalarni amalga oshirish uchun qulay hisoblanadi: Tabiiy fanlar yo`nalishida 2001-yildagi Nobel mukofotining laureati K.Viman tomonidan ―Physics Education Technology (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo`lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan. PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo`lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo`lib, ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o`tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. PhET dasturi O`zbekiston davlat ta‘lim standartlariga va o`quv muassasalarida qo`llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi. PhET dasturidagi modellardan fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlaridan dars mashg`ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashg`ulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkun.                 Ushbu saytga o`xshash yana ko`plab  internet sayti mavjud bo`lib, bulardan biri  https://www.vascak.cz/physicsanimations.php?l  saytidir.  Ushbu sayt  polshalik dasturchi Vladimir Vazcak tomonidan yaratilgan bo`lib, ushbu  saytda  fizika, informatika va  imyo fanlaridan virtual labaratoriyalar va har xil namoyish tajribalarni ko`rishmiz mumkun.     Ushbu saytda juda ko`plab mavzularga doir tajribalar kiritilgan bo`lib, ushbu saytlar orqali o`quvchilarga mavzuni kengroq va batafsilroq tushuntirishimiz mumkun. Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi internet  orqali o`qituvchi o‘quvchi va talabalarga fizika fanidan asosiy bilimlarni berib qo`ymay, ularda fanga qiziqishini uyg`ota olishlari, shu tariqa bu sohada yuqori ma`lumotli kadrlar yetishtirib chiqarishga erishiladi. Yangi pedagogik va kompyuter  texnologiyalarni qo`llab o`tilgan dars an‘anaviy dars o`tish usuliga qaraganda qulay va shu jumladan, o`tilgan mavzuni tez tushunishga imkoniyat yaratadi, o‘quvchi va talabalarni o`z ustida ishlashga undaydi va eng asosiysi vaqtni tejashga yordam beradi. O`qituvchi o‘quvchi va talabalarga bir xil narsani takrorlab, zeriktirib qo`yishi mumkin. Shuning uchun yuqorida keltirilgan saytlar yordamida dars o`tilsa, darsning unumdorligi yanada oshgan bo‘lar edi. ADABIYOTLAR
  1. Демин Е.В. Методика использования новых информационных технологий в процессе преподавания квантовой физики в педагогических ВУЗах.: Дис. канд. пед. наук. – М., 2004.
  2. Ариас Е.А. Дифференцированный подход к обучению физике студентов различных нефизических специальностей университета. // Дис. канд. пед. наук. – Санкт-Петербург. 2004
  3. 3. Ирматов, Ф. М. Эффективность современных образовательных технологий в педагогическом процессе (на примере обучения физике). научное знание современности, (8), 34-37.
  4. 4. Irmatov F. Talabalarning fizika fanidan o’zlashtirish darajalarini oshirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. Fizika va texnologik ta’lim jurnali. https://science.jspi.uz/index.php/phys-tech/article/view/229
  5. Irmatov F.M. Nofizik mutaxassisliklar bo‘yicha fizika ta’limi samaradorligini oshirish yo‘llari // Pedagogika. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. –Toshkent. -2020.– 2-son. – B.86-90 6.
  6. Irmatov F. Assessment of students’ levels of studying physics. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal : Vol. 2021 : Iss. 02 , Article 9.
DOI: https://www.doi.org/10.51348/tziuj2021S29 Available at: https://uzjournals.edu.uz/tziuj/vol2021/iss02/9
  1. https://phet.colorado.edu/en/simulations/browse
8. https://www.vascak.cz/physicsanimations.php?l=en