Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Raqamli iqtisodiyot sharoitida ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish

Bobobekov Shokir Ravshanovich JDPU о‘qituvchisi E-mail: sh.r.bobobekov@jdpu.uz, tel: (93)-540-41-25  Annotatsiya Ushbu maqolada iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida amaliyotga kirib kelayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalardan biri hisoblangan “Blockchain” texnologiyasi va uning ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashdagi о‘rni haqida fikr yuritilgan. Xususan, blokcheyn tushunchasi va uning kelib chiqish tarixi, kriptografik asosi hamda jamiyat ijtimoiy hayotida tutgan о‘rni bevosita va bilvosita tahlil etilgan.           Kalit sо‘zlar: blokcheyn, bitkoin, taqsimlangan reestr, kriptovalyuta, blok, tranzaksiya, xesh-funksiya, kriptografiya, shifr, deshifr, initializatsion vector, shifr kalit. Аннотация В данной статье рассматривается технология Блокчейн, которая считается одной из современных инновационных технологий, внедряющихся в практику в условиях цифровизации экономики, и ее роль в обеспечении безопасности данных. В частности, прямо и косвенно анализируется понятие блокчейна и его история возникновения, криптографическая основа, его роль в социальной жизни общества. Ключевие слова: блокчейн, биткойн, распределенный реестр, криптовалюта, блок, транзакция, хэш-функция, криптография, шифр, дешифрование, вектор инициализации, ключ шифрования. Annotation This article discusses the Blockchain technology, which is considered one of the modern innovative technologies coming into practice in the context of the digitization of the economy, and its role in ensuring data security. In particular, the concept of blockchain and its history of origin, cryptographic basis, and its role in the social life of the society are directly and indirectly analyzed. Key words: blockchain, bitcoin, distributed ledger, cryptocurrency, block, transaction, hash function, cryptography, cipher, decryption, initialization vector, cipher key.   Bugungi kunda inson faoliyatining barcha sohalarini raqamlashtirish masalasi juda dolzarb va muhim ahamiyatga ega. Raqamli texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga keng joriy etilishi esa nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, balki ularga sarflanadigan ortiqcha harajatlarning kamayishiga olib keladi. Ushbu sohaga bugungi kunda hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2018 yil 03 iyuldagi, PQ-3832-sonli Qarori[1] hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2020 yil 28 apreldagi, PQ-4699-sonli Qarori[2] da 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini ikki baravarga kо‘paytirish nazarda tutilganligi asos sifatida keltirish mumkin. Hozirgi kunda bu muammolarning yechimi sifatida ko‘pgina va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘pgina kriptografik algoritmlar va dasturiy vositalar taklif qilinmoqda. Ko‘pgina kriptografik algoritmlarda hisoblash masalasi murakkabligi va  kriptoanalitiklar  tomonidan   tahlil   qilinishi  natijasida   algoritmlarga  nisbatan shubhalar  kelib chiqmoqda. Albatta  bu muammolarni   yechish yangi   zamonaviy konfedentsialligi   va   kriptomustahkamligi   yuqori   bo‘lgan   kriptoalgoritm   yoki himoya tizimi zarurligi ko‘pchilik mutahasislar tomonidan aytilmoqda. Bu turdagi masalalarni   yechishda   blokcheyn   texnologiyasini   qo‘llash   bo‘yicha   ko‘pgina mulohazalar  keltirilmoqda.   Endi,  biz  quyidagicha   blokcheyn  texnologiyasining ijtimoiy,iqtisodiy,   siyosiy   sohalarga   qo‘llashning   asosiy   bosqichlarini   ko‘rib chiqamiz. Hozirgi kunda bu muammolarning yechimi sifatida ko‘pgina va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘pgina kriptografik algoritmlar va dasturiy vositalar taklif qilinmoqda. Ko‘pgina kriptografik algoritmlarda hisoblash masalasi murakkabligi va  kriptoanalitiklar  tomonidan   tahlil   qilinishi  natijasida   algoritmlarga  nisbatan shubhalar  kelib chiqmoqda. Albatta  bu muammolarni   yechish yangi   zamonaviy konfedentsialligi   va   kriptomustahkamligi   yuqori   bo‘lgan   kriptoalgoritm   yoki himoya tizimi zarurligi ko‘pchilik mutahasislar tomonidan aytilmoqda. Bu turdagi masalalarni   yechishda   blokcheyn   texnologiyasini   qo‘llash   bo‘yicha   ko‘pgina mulohazalar  keltirilmoqda.   Endi,  biz  quyidagicha   blokcheyn  texnologiyasining Hozirgi kunda, butun dunyoda raqamli texnologiyalarni keng joriy etilishi ijobiy tomonlari bilan birga bir qancha muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Masalan, molyaviy amallar masofaviy tizimlar yordamida amalga oshirilishi natijasida tizim xavfsizligiga tahdidlar paydo bo‘lmoqda. Ushbu muammolarning yechimi sifatida konfedentsialligi va kriptomustahkamligi yuqori bo‘lgan kriptoalgoritmlarga asoslangan himoya tizimilari zarurligi ko‘pchilik mutaxasislar tomonidan ta’kidlaydi. Bu turdagi masalalarni yechishda blokcheyn texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha ko‘pgina mulohazalar keltirilmoqda. Shu sababli, quyida blokcheyn texnologiyasi hamda uning jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy hayotida tutgan о‘rni haqida so‘z yuritamiz. Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi inovatsion texnologiya yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o‘z o‘rnini egallagan. Tarmoqda ma’lumotlarni xavfsiz saqlashning eng qulay usuli – bu uni taqsimlab qayd etishdir. Bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi taqsimlangan ma’lumotlarning reyestri sifatida namoyon bо‘lishi mumkin. Blokcheyn (inglizcha Blockchain – blok zanjiri) – ma’lum qoidalar  asosida tuzilgan ma’lumotni о‘z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiri[3]. Taqsimlangan reyestr – ma’lumotlar bitta tashkilot reyestrida saqlanmaydi, yani ma’lumotlar nusxalari global tarmoqga ulangan virtual kompyuterlar xotirasida saqlanadi va sonidan qat’iy nazar bir vaqtning o‘zida yangilanadi. Blokcheyn texnologiyada ma’lumotlar reyestrini qalbakilashtirish imkonsiz, yani ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini kafolatlaydi. Blok – bu taqsimlangan reyestrda amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqidagi qaydlar hisoblanadi. Unda, bir shaxs boshqa shaxsga qancha miqdordagi aktivlar o‘tkazmalari aks etgan bo‘ladi. Barcha bloklar o‘z o‘rnida bitta zanjirga ulangan bo‘ladi[4]. Bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan balki, har bir  blokda о‘zining va о‘zidan oldingi blokning xesh qiymati bilan ta’minlanadi. Blokdagi ma’lumotni о‘zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlash kerak bо‘ladi. Kо‘pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi. Bu esa о‘z navbatida bloklarga о‘zgartirish kiritishni qiyinlashtiradi. Blokcheyn atamasi birinchi bо‘lib, 2008 yil oktabrda Bitkoyn tizimida tо‘liq takrorlangan taqsimlangan ma’lumotlar bazasining nomi sifatida paydo bо‘ldi. Shuning uchun blokcheyn texnologiyasini kriptovalyutalar bilan bog‘liq operatsiyalar sifatida tushuniladi, ammo ushbu texnologiyani istalgan о‘zaro bog‘liq axborot (ma’lumot)ni bloklariga qо‘llash mumkin. Blockchain texnologiyasi g‘oyasi birinchi bо‘lib ikki tadqiqotchi olim Styuart Xaber va V.Skott Stornetta 1991 yilda raqamli hujjatni vaqtini о‘zgartirishi yoki buzib bо‘lmaydigan qilib tamg‘alash uchun amaliy yechimini taklif qilganda paydo bо‘ldi. Vaqt tamg‘asi hujjatlarini saqlash uchun tizim kriptografik himoyalangan bloklar zanjiridan foydalangan. Endi Blockchain texnologiyasi asosi bо‘lgan blokli shifrlash algoritmlari ishlash rejimlari, yani kriptografik asosi haqida sо‘z yuritsak. Kriptografiya (yunoncha κρυπτός (kryptós) – «mahfiy,» γράφω (gráfo) – «yozish» soʻzlaridan tashkil topgan) ochiq maʼlumotlarni shifrlashni, mahfiylashtirish usullarini oʻrganadi[5]. Simmetrik shifrlash algoritmlarida xavfsizlik nuqtai-nazaridan kriptografik tizimlardan ma’lum ketma-ketliklarga asoslanib foydalinish mavjud. Bu toifadagi algoritmlar blokli shifrlash algoritimlari modellari sanaladi. Ushbu algoritmlarda amalga oshiruvchi vektor (initialization vector, IV) dan foydalaniladi. Amalga oshiruvchi vektor ma’lum bitlar ketma- ketligidan iborat bо‘lib, ochiq matnga yoki kalitga ma’lum algoritm bо‘yicha qо‘shiladi. Bu kattalik kalitdan farqli sanalib, odatda zarur bо‘lsa ham sir saqlanmaydi. Hozirda quyidagi modellar keng qо‘llaniladi[6]:
  • Electronic codebook (ECB);
  • Cipher-block chaining (CBC);
  • Propagating cipher-block chaining (PCBC);
  • Cipher feedback (CFB);
  • Output feedback (OFB);
  • Counter (CTR).
Endi ushbu modellardan biri, yani eng samarali bо‘lgan Cipher Block Chaining (Shifrmatn blok zanjiri)  modeli bilan batafsil tanishib chiqamiz. Ushbu Cipher Block Chaining  modeli 1976 yil IBM tomonidan ishlab chiqilgan bо‘lib, dastlab ochiq matn birinchi blokiga boshlang‘ich vektor (initialization vector) qо‘shilib, natija kalit yordamida shifrlanadi.  Keyingi bloklar initialization vector о‘rniga о‘zidan oldingi shifr matn blokini oladi, natijada zanjirli shifr bloklar hosil bо‘ladi(2-rasm). 2-rasm. CBC modelida shifrlash Deshifrlashda esa dastlab shifr matn birinchi blokiga boshlang‘ich vektor (initialization vector) qо‘shilib, natija kalit yordamida deshifrlanadi.  Keyingi bloklar initialization vector о‘rniga о‘zidan oldingi ochiq matn blokini oladi, natijada ochiq matn bloklari olinadi (3-rasm). 3-rasm. CBC modelida deshifrlash Blockchain texnologiyasi asosi ushbu model kabi ishlaydi. Yani, bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan balki, har bir blokda о‘zining va о‘zidan oldingi blokning xesh qiymati (CBC modelida intialization vector) bilan ta’minlanadi. Blokdagi ma’lumotni о‘zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlash kerak bо‘ladi. Kо‘pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi. Bu esa о‘z navbatida bloklarga о‘zgartirish kiritishni qiyinlashtiradi. Xesh-funksiya ixtiyoriy uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) ma’lumotni biror fiksirlangan(qayd qilingan) uzunlikdagi qiymatga о‘tkazadi. Misol uchun, MD5 algoritmda ma’lumotlarning xesh qiymatini hisoblaganda quyidagicha kо‘rinishdagi natijalar olinadi[7]: 1) M= “kalit” bо‘lsa, u holda bu matnning xesh qiymati: H=0c56246cbd935ffb8143ddfa0c427143. 2) M= “pedagogika unversiteti” bо‘lsa, u holda bu matnning xesh qiymati: H= ca4b46b4ba7b724443a92fbf812a7c1e. Blokcheyn texnologiyasi moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim rolni о‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni rо‘yxatdan о‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish. Bugungi kunda, banklar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning bir qismini blokcheyn texnologiyasiga о‘tkazilishi, banklarda mijozlar bilan munosabatlarda, xizmat kо‘rsatishda muayyan muddatda uzilishiga olib kelishiga qaramasdan, moliya tashkilotlarida ish hajmining kamayishiga, xizmatlarning samaradorligi oshishiga imkoniyat yaratadi. Blokcheynnning rasmiy sayti interfeysi 1-rasmda  keltirilgan[8]. 1-rasm. www.blockchain.com rasmiy sayt interfeysi. Blokcheyn hamyonidagi mablag’larga faqat egasi kirish huquqiga ega. Pul odatda bank bo‘lgan vositachilarga topshirilmaydi. Shu tufayli tranzaktsiyalar hech kimning nazorati ostida bo‘lmaydi. Blockchain texnologiyasi quyidagi asosiy afzalliklarga ega[9]:
  • О‘zgarmaslik – barcha qatnashchilarning 100% roziligisiz tuzatish kiritish mumkin emas;
  • Ishonch – provayderning infratuzilmani tekshirishiga ehtiyoj yо‘q;
  • Auditosonligi – istalgan qatnashchi audit о‘tkazishi mumkin;
  • Foyda – harajatlarning sezilarli darajada qisqarishi.
Bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi qo‘llanilayotgan sohalar ro‘yxati doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Blockchain texnologiyasidan quyidagi jarayonlarda foydalanish mumkin[10]:
  • moliyaviy jarayonlarni amalga oshirishda;
  • shartnomalar va bitimlar tuzishda;
  • turli xil tijorat amallarida;
  • tovar va xizmatlarni sotib olishda;
  • maxfiy ma’lumot almashish paytida;
  • sug’urta polisini ro‘yxatdan o‘tkazishda;
  • mulk huquqlarini himoya qilish, shuningdek ularni yangi egasiga o‘tkazishda;
  • shaxsiy ma’lumotlarni boshqarishda;
  • intellektual mulk xavfsizligini ta’minlashda;
  • hujjatlar arxivlarini yaratishda.
Xulosa. Bugungi kunda umumjahon tendentsiyalari va tashqi siyosatda rо‘y berayotgan hodisalardan kelib chiqib, davlatimiz oldida global raqobatbardoshlik hamda milliy xavfsizlik masalasi turibdi. Ushbu masalani hal qilishda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish muhim rol о‘ynaydi. Bitkoindan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’iy nazar, blokcheyn taqsimlangan hisoblanadi. U internet tarmog’idagi kompyuterlarda markazlashmagan holda ishlaydi, shu sababli, uni buzib kirish imkoni amalda mavjud emas. Shu bilan birga, uni istalgan kishi istalgan vaqtda ko‘rish mumkin. Uning ma’lumotlar bazasi assimetrik shifrlash tizimi asosida imzolangan barcha jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni ommaviy ravishda saqlaydi. Xulosa qilib aytganda, Blokcheyn texnologiyasini joriy qilish, faqatgina moliya yoki iqtisodiyot sohasida emas, balki boshqa bir qator ijtimoiy sohalarda ham o‘z samarasini beradi. [1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli Qarori, 03.07.2018 yil. [2] О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli Qarori, 28.04.2020 yil. [3] YO.Ilxamova, M.Azizova, M.Jumaniyozova, N.Mirzanova. Taqsimlangan ma’lumotlar reyestri (blokcheyn) texnologiyasi va kripto-aktivlar aylanmasi. Uslubiy qо‘llanma. -Toshkent, 2021, 22-б [4] N.Tо‘raqulova. (Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy maqomi), Central asian academic journal of scientific research, ISSN: 2181-2489, 2022 yil 5-son [5] https://uz.wikipedia.org/wiki/Kriptografiya [6] https://en.wikipedia.org/wiki/Block_cipher_mode_of_operation [7] https://www.online-toolz.com/tools/text-encryption-decryption.php [8] https://www.blockchain.com/explorer [9] YO.Ilxamova, M.Azizova, M.Jumaniyozova, N.Mirzanova. Taqsimlangan ma’lumotlar reyestri (blokcheyn) texnologiyasi va kripto-aktivlar aylanmasi. Uslubiy qо‘llanma. -Toshkent, 2021 [10] https://uz.rancholaorquidea.com/4200-blockchain-technology-what-is-it-in-simple-words-and.html