Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/05/2018
Chop etish
Tarix fakultetidagi davra suhbati

             Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti konferensiyalar zalida Tarix fakulteti rahbariyati tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi TDPU professor- o‘qituvchilari  bilan hamkorlikda o‘tkazilgan davra suhbati

                  2018 yil 26-aprel kuni institut konferensiyalar zalida tarix fakulteti rahbariyati tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi TDPU professor- o‘qituvchilari  bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil qilindi.

                 Davra suhbatida TDPU prof-o‘qituvchilaridan p.f.d. Z.Salieva, p.f.n. A.Muxsieva va boshqalar ishtirok etishdi. Davra suxbatida prof-o‘qituvchilar bugungi o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar, ta’lim sifatini oshirish muammolari to‘g‘risida fikr bildirib jumladan,  ta’lim muassasalarining o‘quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari hisoblangan interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o‘rganayotgan uslubchi o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya-faqat axborot texnologiyasi bilan hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur bo‘lgan o‘qitishning texnik vositalari, kompyuter, proektor yoki boshqa texnik vositalar bilan bog‘liq deyiladi. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o‘qituvchi yoki ta’lim oluvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog‘liq. O‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi yoki ta’lim oluvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erishsa, o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa bularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizningcha, ana shundagina o‘qitish samaradorligiga erishiladi.

 

Tadbir so‘ngida TDPU prof-o‘qituvchilaridan p.f.d. Z.Salieva, p.f.n. A.Muxsieva va boshqalar tomonidan nashr etilgan “Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” va “Ma’n   aviy madaniyatni rivojlantirishning nazariy-pedagogik xususiyatlari” nomli kitoblarini taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Fakultet dekani:                                                R.Yarmatov

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

bo‘yicha dekan o‘rinbosari:                                         F.Akchaev

 

 



Ulashish:
1 175
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.