Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Diqqat e’lon!

O‘zbekiston o‘quvchi va talabalari Rossiya Federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan Ochiq yoshlar suv tanlovida ishtirok etishlari mumkinligini ma’lum qilamiz. Tanlov maqsadi – yosh avlodning suv resurslarini muhofaza qilish, tiklash va oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini va g‘oyalarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish. Tanlovda 14 yoshdan katta bo‘lgan har bir o‘quvchi yoki talaba ishtirok etish huquqiga ega. Ishtirok etish uchun arizalar 2023-yil 1-mart sanasiga qadar qabul qilinadi. Tadbir haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan www.eco-project.org  rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishingiz mumkin