Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovida g‘oliblar aniqlandi.

Bir necha kundan buyon oliygohda o‘tkazilayotgan “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” haftaligi ham o‘z nihoyasiga yetdi. – Haftalik doirasida tanlov, ko‘rgazma, o‘quv seminarlari, motivatsion psixologik treninglar, davra suhbatlari tashkil qilindi, – deydi Jizzax davlat pedagogika universiteti iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Dilrabo Fozilova,  tadbirlarda ishtirokchilar olimalar, turli sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ixtirochi xotin-qizlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi. Bugun haftaligimizning so‘nggi kunida taqdirlash marosimini ham o‘tkazdik. G‘oliblar 10 ta nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi. Quvonarlisi Jizzax davlat pedagogika universitetidan ham 3 nafar xotin-qizlarimiz nominatsiyalar sohibi bo‘lishdi.   6 kun davom etgan haftalik doirasida “Eng yaxshi ixtiro va foydali model”, “ Eng yaxshi sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i va ratsionalizatorlik taklifi”, “ Aktni rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi loyiha”, “Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha”, “ Yangi pedagogik  texnologiyalar bo‘yicha eng yaxshi loyiha”, “ Iqtidorli qizning eng yaxshi loyihasi”, “ Eng yaxshi biznes loyiha”, “Omadli start”, “ Hunarmand xotin-qizlarning eng yaxshi innovatsion g‘oyasi”,  mavzulari bo‘yicha nominatsiya egalariga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.