Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
30/06/2022
Chop etish
E’lon.

Baxrayn Podshohligining Turkiyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra ushbu

davlatning Yoshlar va sport vazirligi tomonidan “Podshoh Hamad mukofoti” uchun tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov quyidagi 2 toifaga ajratilgan holda o‘tkaziladi:

–   Yoshlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi hissasini e’tirof

etish bo‘yicha birinchi toifa – 5 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi va har bir yo‘nalish

g‘olibi uchun 20 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli ajratiladi;

–   Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning ishtiroki, harakati va ta’sirini ta’minlovchi omillarni tan olish bo‘yicha ikkinchi toifa – 3 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi va har bir yo‘nalish g‘olibi uchun 25 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli ajratiladi.

“Podshoh Hamad mukofoti” uchun tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyida keltirilgan veb-sahifa orqali tanishish mumkin:

www.kinghamadaward.com

Ma’lumot ingliz tilida berilgan bo‘lib, tanlovda ishtirok etish uchun barcha

tegishli talablar va shartlarni o‘rganib chiqish zarur.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yil 1-iyul kuniga qadar ushbu keltirilgan veb-sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur:

https://www.kinghamadaward.com/app/index.php/register


Ulashish:
951
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.