Fuqaro muhofazasi oyligi doirasida “Is gazidan ogoh bo‘ling!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Institut Fuqaro va mexnat muhofazasi bo‘limi, Jizzax shaxar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi , viloyat DSENM mutaxassislari institut professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirokida o‘tkazlgan tadbirni Yoshlar masalalari, manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.
So‘zga chiqqanlar Respublikamiz bo‘ylab is gazidan zaharlanish holatlari va yong‘inlar ko‘payotgani, ayniqsa bu xolatlarning o‘lim bilan tugashi ayanchli ekanligini, bunday vaziyatdarda har bir fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalaridan xabardor bo‘lishlari kerakligini alohida ta’kidlashdi. Har yili isitish mavsumidan oldin dudburon, havo almashish kanallari, isitish jixozlari va uskunalari sozligini tegishli tashkilotlar mutaxassislari tekshiruvdan o‘tkazishi lozim. Nosoz deb topilgan gaz jihozlari va inshooatlari to‘liq ta’mirlanib, soz holatga keltirilmagunicha, undan isitish maqsadida foydalanmaslik kerak. Noxush holatlarga duch kelganda darxol tez tibbiy yordamga va FVBga qo‘ng‘iroq qilishlari kerakligi haqida ham tushunchchalar berishdi.
Shuningdek tadbir davomida sifatsiz oziq-ovqat maxsulotlardan zaxarlanishni, kuchli yog‘ingarchilik davrida sel suv toshqinlarini oldini olish bo‘yicha shakllantirilgan yo‘riqnomalar ishtirokchilarga tarqatildi. Qutqaruv ekipaj a’zolari ko‘rgazmali kurollari ham namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollariga soha mutaxassislari javob berishdi.