E’lonlar
E’lonlar
|
04/03/2022
Chop etish
DIQQAT E’LON!!!

Aziz talabalar, magistrlar,yosh o‘qituvchilar, doktorantlar siz uchun

“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. Ushbu tanlov  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Istedodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorligida tashkillashtirilmoqda.

Tanlovga texnika va texnologiya, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qishloq va suv xo‘jaligi, arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga asoslangan innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) qabul qilinadi. Shuningdek tanlovda yurtimizda istiqomat qilayotgan millati va tili va dinidan  qat’iy nazar 40 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar (talabalar, magistrantlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar) ishtirok etishi mumkin.

Tanlov materiallari o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari:

1-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;

2-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;

3-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Bunda tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar alohida-alohida aniqlanadi.

Tanlovda har bir yo‘nalish kesimida:

birinchi o‘rin g‘oliblari uchun (5 nafar) jami – 150 mln. so‘m;

ikkinchi o‘rin g‘oliblari uchun (5 nafar) jami – 100 mln. so‘m.

uchinchi o‘rin g‘oliblari uchun (5 nafar) jami – 50 mln. so‘m ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan talabgorlar Institutning Ilmiy bo‘limiga murojat qilishlari mumkin.    Tel: (72) 226 68 11


Ulashish:
1 154
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...