Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPI o‘qituvchisi “Zolotoe pero Rusi-2021” halqaro mukofotining “ Jamoat aloqalari” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Rus tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi  Durdona Abdualieva, 2021 yil 10 oktabrda Rosiya Federatsiyasi Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan ta’sis etilgan “Zolotoe pero Rusi-2021” halqaro mukofotining “ Jamoat aloqalari” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Durdona Rustamovna  ushbu mukofotga 2020 yil aprel oyida, ayni karantin vaqtida o‘z tashabbusi bilan, “RUS TILINI O‘RGANAMIZ-IZUChAEM RUSSKIY YaZЫK” bepul video-darslarini ijtimoiy tarmoqlarda joylagani  hamda  Rus tilini chet tili sifatida rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgani uchun sazovor bo‘ldi. Bu haqda JDPI rektori professor Sh.S.Sharipov nomiga ham “Zolotoe pero Rusi” loyihasining bosh kuratori S.V.Saviskaya tomonidan Minnatdorchilik xati (Tashakkurnoma) kelgan. Bu video-darslar haqidagi ma’lumotlarni esa ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “Zolotoe pero Rusi-2021” konkursiga habar berishgan va jo‘natishgan, konkurs natijalariga ko‘ra Abdualieva Durdona Rustamovna g‘olib deb topilgan. Bundan tashqari, loyiha rahbariyati tomonidan Abdualieva Durdona Rustamovna nomiga, ushbu mukofotni olish uchun, Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida  bo‘lib o‘tadigan “Zolotoe pero Rusi-2021” rasmiy taqdirlash marosimiga Taklifnoma ham jo‘natilgan. Shu Taklifnomaga asoslanib, Abdualieva Durdona Rustamovna 2021 yil 26 oktabr kuni “Zolotoe pero Rusi-2021” rasmiy taqdirlash marosimiga Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Taqdirlash marosimida u L.Tolstoy nomli “Tarbiya, ta’lim va ma’rifat uchun” oltin medali, “Rus oltin qalami” statuetkasi, hamda hamkorlar tomonidan bir qator sovg‘alar bilan taqdirlandi.