“21 asr: ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqotlari“
(Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan ilmiy –amaliy seminar ana shunday nomlandi.)
Oliygohning magistratura bo‘limi hamda Falsafa,tarbiya va huquq kafedrasi hamkorligida tashkil etgan ushbu seminarda professor-o‘qituvchilar va magistrlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Seminarni institut Ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘. Qodirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ilmiy–amaliy seminarda Ilmiy tadqiqot, uning mohiyati, maqsad va vazifalari, davlat rahbari Sh.Mirzieyov asarlarida ijtimoiy-falsafiy merosga munosabat kabi bir qator dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Bahs munozar, taklif va fikrlarga boy bo‘lgan seminar so‘ngida ma’ruzalar yuzasidan savollarga javob berildi.