Jarayon
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti «Tarix va uni o’qitish metodikasi» kafedrasi, JDPI Magistratura bo’limi hamkorligida
Kuni kecha Jizzax shahar va Sharof Rashidov tuman Xalq ta’limi bo’limi umumta’lim maktab ijtimoiy fanlar o’qituvchilari ishtirokida Umumta’lim maktablarida «Iqtidor-shou» intellektual o’yinidan foydalanish (Tarix fani misolida) o‘quv uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi. 22-IDUM da bo‘lib o‘tgan an’anaviy o’quv-uslubiy seminar-treningda 102 nafar ishtirokchi qatnashdi.Ta’kidlash joiz ushbu o‘quv-uslubiy seminar –treninglar 2016-2017 o’quv yilidan boshlab har yili o‘tkaziladi. Dastlab o’quvchilar o‘rtasida songra oqituvchilarda va so‘ngida Jizzxa davlat pedagogika instituti magistrlari ham qamrab olgan o‘quv uslubiy seminar trening tizmli ravishda bosqichma –bosqich davom ettiriladi.