JDPI da hashar…
Qadriyatlarimizda boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.
Masalan, hashar deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar – zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam. Shu bois Navro‘z ayyomi arafasida e’lon qilingan umumxalq hayriya hasharida Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi hamda talaba yoshlari ham faol ishtirok etdi.
Hasharda oliygoh joylashgan bino atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash ishlari amalga oshirildi.
Muxtasar aytganda, bu hashar talaba yoshlarimizni Vatan ravnaqi uchun fidoyi bo‘lish, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini ko‘tarish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash milliy an’analarga boy, Navro‘z bayramimizni munosib kutib olishga xizmat qiladi.