Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/03/2021
Chop etish
Joylarda Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish Strategiyasi qizg‘in muhokama qilinmoqda

Agentlik tomonidan malakali, mas’uliyatli, zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor kadrlarni jamlash va ular salohiyatidan unumli foydalanish, davlat boshqaruvi tizimida davlat fuqarolik xizmatini har tomonlama rivojlantirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyat samaradorligini oshirish orqali keng ko‘lamli va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish maqsadida Davlat fuqarolik xizmatini 2030 yilgacha rivojlantirish Strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi hamda joylarda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, mutaxassislar, mahalliy ekspert va olimlar ishtirokida keng muhokama qilinmoqda.

Joriy yilning 2 mart  kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tomonidan A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti rahbariyati bilan hamkorlikda hududdagi mahalliy ekspert va olimlar, institut professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanishdagi iqtidorli yosh talabalar ishtirokida ushbu strategiyani muhokama qilish maqsadida ochiq muloqot shaklida seminar tashkil etildi.

 

Tadbir boshida institut rektori Sh.Sharipov so‘zga chiqib, strategiya loyihasi va uning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so‘ng Agentlikning Jizzax viloyati filiali rahbari o‘rinbosari B.Yaxshibaev davlat fuqarolik xizmatining bugungi kundagi holati, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘nalishlari,

Agentlik tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mazkur strategiyaning zarurati va mazmun-mohiyati xususida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Seminarda shuningdek  institut professor-o‘qituvchilari mahalliy ekspert va olimlar, hamda ilmiy izlanishdagi iqtidorli yosh talabalar Strategiya loyihasi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.


Ulashish:
880
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yangi yil shukuhi: Qorbobo va Qorqizlar paradi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan Qorbobo va Qorqizlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.