Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2026
Chop etish
Germaniyaning Shtuttgart universitetida ilmiy-pedagogik stajirovka Xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professori Olima Xolmurodova hamda kafedra o‘qituvchisi Fotima Safarova Germaniya Federativ Respublikasining Shtutgart universitetida ilmiy-pedagogik stajirovka o‘tamoqda.

Stajirovka doirasida Shtutgart universitetining Yuqori unumli hisoblash markazi (HLRS — High-Performance Computing Center Stuttgart) hamda xorijiy tillar va filologiya yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilar bilan ilmiy uchrashuvlar tashkil etildi. Muloqotlarda xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish, sun’iy intellekt va yuqori unumli hisoblash texnologiyalaridan tadqiqotlarda foydalanish, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlarda HLRS markazi direktori, professor Michael Resch, Shtutgart universiteti professorlari Alexander Brem, Achim Stein, Kirsten Dickhaut, shuningdek, Martin Regnault va Alisa Winkens ishtirok etdi. Tomonlar raqamli texnologiyalarni gumanitar fanlarga integratsiya qilish, sun’iy intellekt vositalarini til va adabiyot tadqiqotlarida qo‘llash, innovatsion ta’lim yondashuvlarini joriy etish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

HLRS markazining ilg‘or tajribalarini o‘rganish universitetda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, raqamli ilm-fanni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni ilmiy-ta’limiy jarayonlarga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega.

Stajirovka Shtutgart universiteti va Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning akademik salohiyatini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, o‘zlashtirilgan ilg‘or tajribalarni universitet va Jizzax viloyatidagi mutaxassislar orasida ommalashtirishga xizmat qiladi.

 

Mazkur stajirovka universitetning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy izlanishlarga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


Ulashish:
40
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda sun’iy intellektning ta’lim sifatiga ta’siri muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limga sun’iy intellektni joriy etish: sifatga ta’siri, muammolari va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti mas’ul xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Zargarlik mahallasida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoiti o‘rganildi.
Germaniyaning Shtuttgart universitetida ilmiy-pedagogik stajirovka Xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabi Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professori Olima Xolmurodova hamda kafedra o‘qituvchisi Fotima Safarova Germaniya Federativ Respublikasining Shtutgart...