Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/03/2022
Chop etish
Navro‘zda ulashing ezgu tilaklar…

(Jizzax davlat pedagogika instituti hovlisida Navro‘z sayli boshlandi.)

Niyatlar ushaladigan kun, yuraklarga zavq olib keladigan  Navro‘z ayyomi institut hovlisidagi sumalak sayli bilan boshlandi. Jamoaning qo‘li gul, mehnatkash, kezi kelganda “kayvoni” rolini bajarguchi Ziyoda opa boshchiligdagi ayollar jamoasi doshqozonlarda sumalak tayyorlashni boshlashdi. Har bir bayramni o‘z tarovati bor. Navro‘z bayrami,  o‘zining laparlari, kuy qo‘shiqlari, hazil-huzullari  shohona taomi sumalak bilan  betakror aslida…uning go‘zalligi, tarovati ham shunda bo‘lsa kerak …Qozon boshidagi ayollarning raqs-u laparlarida, sho‘x shodon  qo‘shiqlarida Navro‘zning iforini sezasiz…yonginangizda bahor kezib yurganini his qilasiz…yuraklarga iliqlik olib kirgan Navro‘z havosidan to‘yib-to‘yib nafas olasiz…Salqin havo, hatto shitirlab yoqqan yomg‘ir ham sizga ta’sir qildmaydi.  Navro‘z keldi bog‘da yot, tog‘da yot… Ishtiyoq bilan maqtayotganimiz sumalak saylini o‘qib siz ham yoqimli hislarni ko‘ngildan o‘tkazgan bo‘lsangiz ne ajab…

 

 

Bir necha kundan beri navro‘z va bahor  shukuhi kezib yurgan institut hovlisining bir tomonida sumalak sayli, bir tomonida xalq o‘yinlari davom etayotgan paytda, madaniyat saroyidan diltortar taronalar yangramoqda. Navro‘zni nishonlayotganlarning bir guruhi  talabalar ijrosidagi badiiy konsert dasturidan bahramand bo‘lishmoqda. Bayram dasturi onlayn fan olimpiadasida yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarni taqdirlash marosimi bilan boshlandi. O‘zida bahoriy nasimni, qadriyat va milliylikni muajassam etgan “Navro‘z-2022”  liboslar ko‘rgazmasi dasturga yangi havo olib kirdi. Yigit qizlarning sho‘x aytishuvi, folklor qo‘shiqlar, yalla-yu laparalar yangradi shu bayramda…

 

Bayramga kulgu yarashadi. So‘z ustasi Olim akaning hazil qo‘shiqlari, askiyalari esa  yig‘ilganlarga tabassum ulashdi. Tilaklar, yaxshi niyatlar bisyor bo‘ldi shu kuni…

Mana Navro‘zning tansiq taomi bo‘lgan sumalak ham tayyor bo‘ldi. SHoxona taomimizni tatib ko‘rish Angliyalik mehmonimizga ham nasib etdi.Siz tasvirda ko‘rib turgan xorijiy mehmonimiz Angliyaning «Brook house college»  futbol klubining treneri Maykl Blaek  bo‘ladi.

Sumalak faqat tansiq taom bo‘lib qolmay, unda insonning barcha yaxshi orzu-umidlari, niyatlari mujassamlashgan mehr taomidir… Azizlar, sumalakxo‘rlikkga marhabo…Sizga ham ilindik…ko‘rib ko‘zingiz, dilingiz quvnasin…darmonlarga boy, mazzali sumalagimizdan tatib ko‘ring…

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 025
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.