ZAMONAVIY TA`LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Ismoilov To`ychi
Annotatsiya. Yoshlarga zamonaviy ta’lim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini ta’minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to’g’ri foydalanishni o’rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat. Kalit so’zlar: raqamli texnologiya, zamonaviylik, ta’lim texnologiyalari, zamonaviy ta’lim, ta’lim muassasalari.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so’z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik, sanoat ob`ektlari, sifatli ta`lim va xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma`lumotlar bo’ladi. Ularning tahlilidan so’ng esa to’g’ri boshqarish bo’yicha yechim ishlab chiqiladi. Respublikamiz oliy ta`lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo’llash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o’quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash maqsadi qo’yilgan bo’lib, unda raqamli texnologiyalarning ta`lim sohasida nafaqat muhim o’rin egallashi va qanday shaklda joriy etilishi bo’yicha tahlillar amalga oshirildi. Tadqiqot usullari sifatida oliy ta`limda raqamli texnologiyalarni joriy etishga ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirishga tegishli xulosalar tuzishda normativ hujjatlarni, mavjud bo’lgan amaliyotni o’rganish, tizimlashtirish va umumlashtirishdan foydalanildi. Yurtimizdagi nufuzli xususiy o’quv markazlari ham zamon talabidan kelib chiqqan holda onlayn ta`limni yo’lga qo’ymoqda. Bu jarayonning o’zi ham mamlakatimiz ta`lim tizimida yangi bosqich boshlanganini anglatadi. Ta`lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan ko’plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. So’nggi yillarda ta`limni “raqamlashtirish” muammolari, uning shakllanishiga ta`siri bo’yicha birorbir davlat loyihasi yoki so’rovnoma asosida tadqiqotlar o’tkazilmaganligi ham muhimdir [2]. Shu bilan birga, Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga ta`sirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy axborot vositalarining ma`ruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida, magistrant va tadqiqotchilarning izlanishlarida ham ko’rishimiz mumkin. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni barcha sohalarda, ya`ni, sanoat, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan cheklanib qolgan edik. Bugungi kunda esa raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib borayotganini e`tiborga olib, raqamli rivojlanish bo’yicha barcha soha rahbarlarining o’rinbosarlari lavozim tarkibiga kiritilmoqda [3]. Raqamlashtirish yo’nalishi bo’yicha faollashtirish barcha biznes tuzilmalarida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda “tajovuzkor”, ayniqsa iqtisodiy samarasi topilgan joylarda, barcha darajalarda qo’llab-quvvatlanmoqda. Iqtisodiyotda ro’y berayotgan jarayonlar
dinamikasi iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasida oliy ta`limini rivojlantirish bo’yicha takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqishda ta`lim hamjamiyatining faol pozitsiyasini talab qilmoqda. Ta`limda raqamli texnologiyalarni o’qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali qo’llash uchun nimalar qilish kerak? Birinchidan, albatta mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil` operatorlar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng muhiki aholining, ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining so’ngi yutuqlarini o’zlashtirishga shartsharoitlar hamda imkoniyatlar yaratib berishimiz lozim. Ikkinchidan, o’quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko’lamini kengaytirish va axborot resurslari, o’qitish vositalari va masofaviy o’qitish texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish bilan oliy ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o’zgartirish kiritish bo’yicha vakolatli organlarga takliflar berish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o’quv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalar va boshqalarni o’z ichiga olgan markazlarni tashkil etish hamda unda orttirilgan tajribani ta`lim muassasalarida qo’llash. Uchinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta`lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta`minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo’shimcha sharoitlar yaratish. To’rtinchidan, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma`ruza va seminar darslari uchun internet bilan bog’liq holda interfaol va mul`timediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi mavzular bo’yicha o’qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarni tashkil qilish va o’tkazish. Beshinchidan, real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, videokonferentsaloqa tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda masofaviy o’qitish jarayonini amalga oshirish. Oltinchidan, bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D printerini qo’llash, raqamli didaktika va raqamli ta`lim modellarini qo’llash, o’qituvchilar va talabalar uchun loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim. Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta`lim sifatini tushirmagan holda talaba-yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz. Alohida ta`kidlash kerakki, bugungi kunda hayotimiz har jihatdan texnika va texnologiyalar bilan bog’liq, ya`ni ertalab soat bongidan boshlab to kun rejasini
tuzish va o’qish bilan yakunlashgacha. Biz ta`lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istadik. Qachonki, planshet ta`lim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o’qish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Bu o’yin bilan klassik ta`limni birlashtirishga tengdir. Natijada o’qish jarayoni yaxshilanadi, o’zlashtirish, ta`lim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi. Bilimli avlod, professional kadrlar – bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining garovidir. Xulosa o’rnida aytish joizki ta’limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bir tomondan muayyan qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqarsada boshqa tomondan turli yutuqlarni qo’lga kiritilishiga sabab bo’ladi. Bu jarayon induvidial salohiyatli o’quvchilarning yanada rivojlanishi holatida yaqqol namoyon bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasi. 2020 y. 2. Abdullayev M., Saidahror, G., & Ayupov, R. Raqamli iqtisodiyot – kadrlar tayyorlashning dolzarb yo’nalishlari. 2020 y. 3.Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital economy in the development of information and communication technologies // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25-31.