Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/07/2022
Chop etish
Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Prezidentning 2022 yil 18 iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz ta’lim krediti beriladigan bo‘ldi.

Kimlarga beriladi?

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

Kunduzgi;

Sirtqi;

Kechki.

Masofaviy ta’limga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

To‘g‘ri, ta’lim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar to‘lamaydi, davlat to‘lab beradi. Aniqrog‘i Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat ta’lim kreditining asosiy qismini to‘laydi xolos.

To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

ta’lim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi;

talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

 


Ulashish:
1 212
Boshqa rubrikalarda mashhur

Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.
JDPUda WFK IT ko‘ngillilar dasturi doirasida madaniy almashinuv va sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Sejong universitetining WFK IT ko‘ngillilar guruhi hamda JDPU talabalari ishtirokida madaniy almashinuv dasturi tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.