Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

YOZMA MANBALARDA O‘RTA SANGZOR VOHASINING  XVI-XIX ASRLAR DAVRI TARIXI YORITILISHI

Sharif Achilov, o‘qituvchi,  JDPU  Annotatsiya: Muallif ushbu maqolasida, O‘rta Sangzor vohasi, Sangzor daryosining o‘rta oqimi, ya’ni Jizzax viloyatining G‘allorol va Baxmal tumani aholisining XVI-XIX asrlarga oid yozma manbalar Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”kabi asarlarida berilgan ma’lumotlar, shuningdek  G‘allaorol tumani markazida joylashgan Qo‘rg‘ontepa, Qing‘irtepa, Almantepa I.,II, Lapaxtepa, shahar yodgorliklari hamda ko‘chmanchilar madaniyatiga oid  Chuvilloq, Shoxidtepada, Qoraqishloq, Sartyuzi, Bekkeldi, Zartepa mozorqo‘rg‘onlarida olib borilgan izlanishlar  asosida yoritishga harakat qilgan. Kalit so’z: O‘rta Sangzor, Sangzor daryosi, XVI-XIX asrlar, Sharafuddin Ali Yazdiy,  «Zafarnoma», Zahiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”, Hofiz Tanish Buxoriy, “Abdullanoma”, Qo‘rg‘ontepa, Qing‘irtepa, Almantepa I.,II, Lapaxtepa, Chuvilloq, Shoxidtepada, Qoraqishloq, Sartyuzi, Bekkeldi, Zartepa.   Annotatsiya: V dannoy state avtor predstavlyaet oazis Sredniy Sangzor, srednee techenie reki Sangzor, to yest pismennыe istochniki XVI-XIX vekov jiteley Gallarolskogo i Baxmalskogo rayonov Djizakskoy oblasti: «Zafarnoma» po Sharafuddin Ali Yazdi, «Baburnoma» Zaxiriddina Muxammada Babura, «Abdullanoma» Xafiza Tanisha Buxari, a takje svedeniya, privedennыe v yego trudax, a takje na osnove issledovaniy, provedennыx v Kurgontepe, Kыngыrtepe, Almantepe I., II., Lapaxtepa, gorodskie pamyatniki i kurganы kochevoy kulturы Chuvillok, Shoxidtepa, Karakislog, Sartyuzi, Bekkeldi, Zartepa, raspolojennыe v sentre Gallaorolskogo rayona. Klyuchevыe slova: Sredniy Sangzor, reka Sangzor, XVI-XIX vv., Sharafuddin Ali Yazdi, «Zafarnoma», Zaxiriddin Muxammad Babur, «Boburnoma», Xafiz Tanish Buxari, «Abdullanoma», Kurgantepa, Sing’irtepa, Almantepa I, II, Lapaxtepa, Chuvillok, Shoxidtepada, Karakislok, Sartyuzi, Bekkeldi, Zartepa.   Annotation: In this article, the author presents the Middle Sangzor oasis, the middle course of the Sangzor river, that is, the written sources of the XVI-XIX centuries of the residents of Ghallarol and Bakhmal districts of Jizzakh region: «Zafarnoma» by Sharafuddin Ali Yazdi, «Baburnoma» by Zahiriddin Muhammad Babur, «Abdullanoma» by Hafiz Tanish Bukhari. as well as the information given in his works, as well as on the basis of the research conducted in Kurgontepa, Qingirtepa, Almantepa I., II, Lapakhtepa, city monuments and nomadic culture burial mounds of Chuvilloq, Shokhidtepada, Karakisloq, Sartyuzi, Bekkeldi, Zartepa located in the center of Gallaorol district. Key word: Middle Sangzor, Sangzor river, XVI-XIX centuries, Sharafuddin Ali Yazdi, «Zafarnoma», Zahiriddin Muhammad Babur, «Boburnoma», Hafiz Tanish Bukhari, «Abdullanoma», Kurgantepa, Qing’irtepa, Almantepa I., II, Lapakhtepa, Chuvilloq, Shokhidtepada, Karakisloq, Sartyuzi, Bekkeldi, Zartepa.   O‘rta Sangzor vohasi, Sangzor daryosining o‘rta oqimi, Jizzax  viloyatining g‘arbiy qismini tashkil etadi. Ustrushonaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan Jizzax madaniy o‘lkasi va ayniqsa, uning O‘rta Sangzor daryosi havzasining tabiiy geografik jihatdan qulay vodiysida joylashgan G‘allaorol va Baxmal tumaniga qarashli markaziy hududlarida qadim va o‘rta asrlarda o‘ziga xos madaniyat shakllanganligi arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan.             Vohada yashovchi aholi hayoti va turmush tarzi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar X-XI asrlarga oid arab manbalarida uchray boshlaydi. Arab manbalarida hozirgi G‘allaorol tumani markazida joylashgan Qo‘rg‘ontepa shahar yodgorligi Harqona rustoqining o‘rni bo‘lganligi ta’kidlangan. Xarqona (Xarkana) mamlakatning So‘g‘d bilan tutash chegarasida – Samarqanddan 8 farsax masofada [1: B.226], So‘g‘d-Shosh karvon yo‘li yoqasida (hozirgi G‘allaorol tumani, Saribozor qishlogi atrofida) joylashgan. Al-Istahriy, ibn Havqal va al-Nuqaddasiylarning “Xarqona Ustrushona shaharlaridandir” deb yozishlariga qaraganda rustoq va uning boy shahri yagona nom bilan atalgan, hamda raboti bo‘lgan[2: B.61]. Rivojlangan va so‘ngi o‘rta asrlar davriga oid yozma manbalarda O‘rta Sangzor vohasi tarixiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davri hamda shayboniylar hukmronligi zamonida yaratilgan asarlarda Jizzax vohasi, jumladan, Sangzor daryosining o‘rta oqimi hududlariga ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va aholining mashg‘ulotlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bu davrda Movarounnahrning markaziy qismida, aloqa yo‘llari chorrahasida joylashgan O‘rta Sangzor vohasi ham  muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lganligi ta’kidlanadi. Ushbu manbalardan Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida Samarqanddan Jizzaxgacha bo‘lgan aholi maskanlari, Jumladan, Jizzax va uning atrofidagi qo‘rg‘on va kentlar: Ko‘k gumbaz, Raboti Malik, Yom, Xavos haqida ma’lumot berilgan[3: B.54-55]. Bu yo‘llar esa biz o‘rganayotgan hududlar bo‘ylab o‘tardi. Mirzo Ulug‘bek  davrida Samarqandga o‘tish yo‘li Ilono‘tti darasini qo‘riqlash uchun mudofaa zanjiri hosil qilgan. [4: B.25] 1425 yilda Ulug‘bek jetalar yurti Mo‘g‘ulistonga harbiy yurish haqidagi ma’lumot «Temir darvoza»ning baland qoyalaridan biriga o‘yib yozilgan yodnoma ham buni tasdiqlaydi[5: B.86]. Rossiya Arxeologiya Komissiyasi topshirig‘i bilan 1867 yil sentyabr oyida Peterburgdan Jizzaxga kelgan taniqli sharqshunos, arxeolog P.I.Lerx Ilono‘tti darasidagi ushbu yodnomani hamda shayboniy Abdullaxon II tomonidan 1557 yilda, o‘z g‘alabalarini kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida bitilgan maxsus zafarnoma – tosh lavhlarga bitilgan yozuvlarni o‘qishga muvaffaq bo‘ladi[6: B.33-34]. Ushbu yodnomalar O‘rta Sangzor vohasida XV-XVI asrlarda kechgan siyosiy voqealarni o‘rganishda muhim hisoblanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida, Jizzax va uning atrofidagi turar-joylar, xalqning hayoti to‘g‘risida ayrim tafsilotlarni yozib qoldiradi. Ularni biz, Mundoq dushman balosidan va ochlik istilosidin xalos bo‘lib amonlig‘ rohatig‘a va arzonlig‘ farog‘atig‘a yetishtuk, Uch-to‘rt kun Dizakta istirohat qilduk»[7: B.86]. Bu yurtda nafaqat chorvachilik balki, dehqonchilikning ham keng taraqqiy etganligi aholisi mohir sohibkorlar bo‘lganligini muarrixning “arzon, chuchuk qovunlar va yaxshi uzumlar farovon” deb bergan ta’rifidan ham anglashimiz mumkin. XV asrning oxiri XVI asrning boshlarida Shayboniyxon boshchiligida Dashti-Qipchoqdan kelgan chorvador qabilalar kelib o‘rnashdilar[8: B.91]. Shu davr voqealari arafasida yozilgan. Muhammad Solih (1455-1535 y.)ning «Shayboniynoma» dostonida Bobur Mirzoga Toshkentdan Xonikaxon, Farg‘onadan amir Tanbal yordam berishga ahd qilishgani va Samarqand sari lashkar tortishib, Jizzaxda uchrashishganligi yoritilgan. Ushbu yurishlarda qatnashgan yuksak nufuzli urug‘lar o‘lkaning xo‘jalik yuritishga qulay bo‘lgan vohalarini egallab o‘troqlashdilar. Xususan, O‘ratepa va Zominga yuzlar, Jizzaxga qirqlar kelib o‘rnashadilar[9: B.28]. Bu holat vohada dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligining faol taraqqiy etishiga sabab bo‘lib, tog‘ va tog‘ oldli hududlarida aholining ixtisoslashgan xo‘jalik turi taraqqiy eta boradi. O‘rta Sangzor vohasida kechgan voqealar xaqida Xofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarida ko‘plab ma’lumotlar berilgan.Ularda yozilishicha Shayboniy Abdullaxon II (1557-1598) tinimsiz kurashlar davomida bir necha marta muhim siyosiy, harbiy tadbirlar bilan hozirgi  Uchtepa, Ko‘kgumbaz, Raboti Malik, Yom, Peshag‘or, Ardaxshon, Achchi, Zomin va boshqa kentlarda bo‘lgan. Ayniqsa, 1578 yilda Bobo Sulton va Bugajar sultonlar bilan urushish qasdida Zomin tomon cherik tortganligi eslatiladi. [10: B.307-308-309-310] 1578 yil Abdullaxon II va  Bobo Sulton o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang Jizzax vohasi uchun og‘ir oqibatli bo‘ldi. Chunki jang ayni, hosil yig‘im- terim vaqtiga to‘g‘ri kelgandi. Buning ustiga,  aholi ulovlarining harbiy xizmatga jalb qilinishi, qo‘shinni boqish uchun qo‘shimcha oziq-ovqat yig‘ilishi xalq ahvolini og‘irlashtiib yuborgan. “Abdulanomada” yozilishicha Bo‘zaxo‘r sulton boshliq fitnachilar Jizzax va uning atrofidagi mavze va qalalarni talaydilar. Abdullaxon II 1581  yil 3-5 iyun Jizzaxga kelib, bu yerdagi talonchiliklarni ko‘rib, aholiga yordam ko‘rsatish va Dizzax qa’lasini qaytadan tiklashga buyruq beradi.  Biroq, urush keltirgan kulfatlar, chorva mollarining haydab ketilishi, ekinzorlarning payhon qilinishi va boshqa talonchiliklar vohaning xo‘jalik hayotiga katta zarar yetkazgan edi. Manbalarda yozilishicha Abdullaxon II 1575-1587 yillarda Tuyatortar kanalining bosh qismi kaytadan, o‘rta va quyi qismini yangidan kazitib, Zarafshon daryosi suvini uzunligi 83 km bo‘lgan Tuyatortar kanali orqali Jizzax vohasiga keltirishga bosh-qosh bo‘ladi[11: B.24]. Tuyatortarning ishga tushirilishi Jizzax vohasi tumanlari, xususan O‘rta Sangzor vohasida bir necha ming gektar yerlarda sug‘orma dehqonchilik, bog‘dorchilik, poliz-sabzavot ekinlari ekish imkonini beradi. Dehqonchilik maydonlarining kengayishi, vohaning dasht va tog‘ oldi hududularida ixtisoslashgan chorvachilik xo‘jaligini yanada taraqqiy etishiga sabab bo‘lgan. Chunki ayriboshlash yanada kuchaygan edi. Buxoro xonligining XVII-XVIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etilgan Muhmud ibn Valining «Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muhimxoniy»,Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» asarlaridi «Dizak sharqiy viloyatlardan biri» ekanligi [12:B.66], xonlikning sharqiy viloyati bo‘lgan Jizzax va O‘ratepadagi ijtimoiy-siyosiy voqealar, Jizzax Zomin, O‘ratepa, Xo‘jand… atrofidagi o‘zbek urug‘larining peshvolari xaqida ma’lumot beradi. [13: B.55] XIX asrda Muhammad Hakimxon tomonidan bitilgan «Muntaxab at-tavorix» asarida Jizzax vohasining siyosiy tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar keltirilgan[14:B.95]. Bu voqealarning barchasi Samarqand, Jizzax yo‘lida joylashgan G‘allaorol va Baxmal hududi aholisi ijtimoiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Abu Tohirxojaning «Samariya» asarida Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali orqali suv beruvchi «Raboti Xojabandiy», Amir Shoxmurod (1785-1800) zamonida O‘ratepa, Zomin, Xovos, Yom kabi tuman va qishloqlardan ko‘chirma qilingan, «oq uyli» nisbasi berilgan aholidan tashkil topgan 24 ta mahalla tarixi, qalmoqlardan qochgan qozoqlarning Jizzax orqali Samarqand va uning yon-atrofiga kelishi tarixi yoritilgan. Umuman, xonliklar zamonida Samarqand va Jizzax o‘rtasida nafaqat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, balki ilm-fan va madaniyat sohasida ham o‘zaro aloqalar kuchli bo‘lganligi yoritilgan[15: B.26,67]. XIX asrning 40-yillarida A.Byorns tomonidan nashr qilingan rus manbasida Buxoro amirligining o‘sha davrdagi harbiy salohiyati, otliq va piyoda qo‘shin soni, shaharlarning, jumladan, Jizzaxning amir qo‘shiniga yetkazib beradigan lashkari soni, zakot va soliqlar haqidagi ma’lumotlar, Jizzax bekligining amir xazinasiga beradigan to‘lovlari hajmi va xususiyatlari haqida fikr bildirilgan[16: B.478,490]. XIX asrning ikkinchi yarmida Mangitlar sulolasini tarixini yozgan Ahmad Donish[17:B.45] va Is’hoqxon Junaydullaxoja o‘g‘li Ibrat asarlarida ham Jizzax-Samarqand yo‘lida joylashgan kentlar xaqida ma’lumot beriladi[18: B.302-304].     O‘rta Sangzor vohasi aholisining xo‘jaligini tarixiy-etnologik jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlar qatoriga Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olginidan keyingi davrda yozilgan ma’lumotlarni ham kiritish mumkin[19:B.148]. Ulardan topograf G.A.Aminov, o‘lkashunos tarixchilar A.P.Xoroshixin [20:B.16], L.F.Kostenko[21:B.16-17], J.Kastanening[22:B.44] asarlarini qayd etish lozim. O‘rta Sanzor vohasinining tarixiy geografiyasiga oid o‘tkazilgan dastlabki tadqiqotlarning o‘zi ham ustrushonashunoslikda muhim ilmiy ahamiyat kasb etib, o‘lka tarixini o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqdi. Ular qatoriga Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoni bosib olginidan keyingi davrda, o‘lkani o‘rganish munosabati bilan yig‘ilgan adabiyotlar, hisobotlar va statistik to‘plamlardagi ma’lumotlarni kiritish mumkin[23:B.148]. Bu borada A.Yu.Yakubovskiy, O.I.Smirnova, A.M.Mandelshtam, N.Negmatov olib borgan izlanishlar muhim hisoblanadi[24: B.15]. Sovet davri adabiyotlaridan ham voha aholisining yashash tarzi bilan bog‘liq qimmatli materiallar olish mumkin[25:B.32]. XX asr boshlaridagi an’anaviy mashg‘ulot turlari, savdo aloqalari, aholi xo‘jaligidagi chorva turlari va soni haqidagi ma’lumotlar N.G.Borozna, B.X. armыsheva, K.Sh.Shoniyozov, I.Hidoyatov singari etnograf olimlarning tadqiqotlarida yoritilgan. O‘zbekiston aholisi etnografiyasi nisbatan kengroq o‘rganilgan hududlarda L.S. Tolstova, O.A. Suxareva, M.A. Bikjanova, M.V. Sazonova, G.P. Snesarev kabi bir qator olimlarning tadqiqotlarida ishning muayyan bir qismi sifatida aholi turmush tarziga oid ma’lumotlar keltirilgan. O‘rta Sangzor vohasi aholisi etnografiyasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda A.Bazarbaevning ilmiy maqolalari alohida ahamiyatga ega. Ushbu olimning izlanishlarida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida hozirgi G‘allaorol va Baxmal hududidagi aholi xo‘jaligi, yaylovlardan foydalanish masalasi tahliliy materiallar asosida yoritilgan[26:B.54-58]. Keyingi yillarda bir qator olimlar tomonidan aholi etnografiyasi bilan xo‘jalik madaniyatiga oid bo‘lgan ishlar nashr etildi. Ulardan A.A.Ashirov[27: B.145-159], O.Buriev, T.Xo‘jamberdiev, S.N.Tursunov, T.R.Pardaev, E.O.Qobilov, Ya.A.Turdimuratov kabi ishlarida O‘zbekistonning turli mintaqalari aholisininng an’anaviy xo‘jaligi bilan bog‘liq marosimlar tahlil qilingan.   O‘rta Sangzor vohasi tarixini o‘rganishda arxeologik tadqiqotlar muhim hisoblanadi. XX-asrning 70-yillarida O‘zR FA Arxeologiya institutida Jizzax otryadi tuzildi. E.B.Qodirov rahbarligidagi mazkur otryad Ustrushonaning shimoliy, shimoliy-g‘arbiy, g‘arbiy sarhadlarida,  G‘allarol tumani markazidagi Qo‘rg‘ontepa shahar yodgorligida, Obiz qishlog‘idagi Qing‘irtepa qal’asida izlanishlar olib borgan. Qing‘irtepada 20 ga yaqin xonalari ochib o‘rganilgan va unda topilgan turk hoqonligiga oid VIII-asrda zarb qilingan tangalar muhim hisoblanadi. Bundan tashqari G‘allarol vohasida Qo‘rg‘ontepa shahar yodgorligi o‘rganilib uning I-asrdan XVIII asrlargacha bo‘lgan madaniy qatlamlari asosida shahar davriy sanasiga oydinlik kiritilgan[28: B.10-30]. Keyinchalik arxeolog A. Berdimurodov va M.Pardaev tomonidan Qing‘irtepa va Almantepa I.,II, Lapaxtepa, shahar yodgorliklari ochib o‘rganilgan[29:B.67]. Qing‘irtepada o‘rganilgan uzumdan musallas tayyorlash ustaxonasining ochilishi, Qing‘irtepa yaqinida joylashgan Almantepani yuqori va pastki madaniy qatlamlari, ya’ni VII-VIII asrlar qal’asini taroq tishlarisimon yonma-yon joylashgan uzun va tor xonalari ochib o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etadi[30:B.39-40]. Bular orqali milodiy VIII asrgacha faoliyatda bo‘lgan Ustrushonaning Xarkana rustoqi qishloq manzillarining tarixi, aholining turmush tarzi, moddiy madaniyat namunalari haqida tasavvur hosil qilish imkoniyati paydo bo‘lgan. Shimoli-g‘arbiy Ustrushonaning arxeologik o‘rganilish tarixida qadimshunos olim Muxtor Hasanovich Pardaevning xizmatlari katta. 1985 yildan buyon Ustrushonaning Jizzax vohasida O‘zR FA arxeologiya institutining Jizzax otryadi M.H.Pardaev rahbarligida izlanishlar olib bormoqda. Ushbu olimning rahbarligida  Sangzor daryosining o‘rta oqimidan tashqari quyi oqimi hududida joylashgan Qaliyatepa shahar yodgorligi, Pardaqultepa, Komilbobotepa, Rasulbobotepa qabi qishloq makonlarida muvaffaqiyatli tarzda qazuv-tadqiqot ishlari o‘tkazilgan[31: B.72-73]. Ma’lumki, O‘rta Sangzor vohasi tog‘lar va ko‘chmanchilar dashti bilan tutashib ketgan bu holat vohaga ko‘chmanchilar ta’sirining muntazam bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shunga bog‘liq holda ko‘chmanchilarga oid arxeologik yodgorliklar ham o‘rganilgan. 1983 yil arxeolog O‘.Alimov tomonidan G‘allaorol tumani Chuvilloq qishlog‘i yaqinida joylashgan diametri 30-32 m balandligi 5-6 m keladigan milod boshlariga mansub 3 ta mozorqo‘rg‘on  qayd qilingan[32:B.12].   O‘zbekiston SSR Madaniyat Vazirligining sanatshunoslik Instituti olimlari P.I.Rempel va E.V.Rtveladze rahbarligida ilmiy guruh G‘allorol tumanidagi Shoxidtepada 1968 yili qazuv ishlarini olib borgan. Yodgorlik atrofidagi jarlikda 5 m chuqurlikda joylashgan lahadli qabr va unga chalqancha yotqizib, yoniga qilich qo‘yib dafn etilgan odam suyaklari topilgan. E.V.Rtveladze fikricha “bu tepasiga tuprok, uyulmagan lahad-go‘r bo‘lib, u milodiy I asriga oid yodgorlikdir” [33: B.5-9]. Keyinchalik ushbu tadqiqotlarga asoslangan M.Bulatov, Shohidtepa yodgorligi atrofidagi tepaliklarni “qadimgi sak qabilalari taqvimi” deb atagan. Uning taxmini buyicha, Shohidtepa kompleksini tashkil etuvchi 365 ta tepa, yil hisobi, fasllar almashuvini belgilashda foydalaniladigan taqvim-kalendar vazifasini o‘tagan” [34:B.23-25]. Qadimgi sak qabilalari taqvimi haqidagi M.Bulatovning ilmiy qarashlari o‘z  vaqtida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan bo‘lsada, hanuzgacha u ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topmagan. O‘rta Sangzor vohasida keyingi yillarda ham arxeologik tadqiqotlar olib borilgan. Ulardan, Arxeolog M.Pardaev va J.G‘ofurov tomonidan G‘allaorol tumani, Tepa Mulkush qishlog‘ida o‘rganilgan ostodonlar xazinasi[35], tadqiqotchi F.E.Toshboev tomonidan 2014 yil Baxmal tumani Bekkeldi qishlog‘idagi mozorqo‘rg‘onlarda o‘tkazilgan qazuv ishlarini sanash mumkin[36]. Bu tadqiqotlar  O‘rta Sangzor vohasi xalqlari urf-odatlarini o‘rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1.Ibn Havqal. Kitob surat al –ard… –B: 226.
  1. Pardaev M.X. Shimoliy-g‘arbiy Ustrushona ilk o‘rta asrlarda. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T.: 1995.  B. 61.
  2. Sharafuddin Ali Yazdiy. «Zafarnoma» T: «O‘zbekiston» 1992. 36, 54-55 b.
  3. A.Pardaev. Jizzax bekligi – O‘rta Osiyo xonliklari davrida (XVI asrdan – XIX asrning 60 – yillarigacha). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya. Toshkent – 2004. –B. 25.
  4. 5. Aminjanova , Jeltova G.I. O‘zbekiston tarixidan lavщalar. T: «O‘qituvchi». 1974. 86 b.
6.Haydarov H., Usmonov Q., Jizzax tarixi. T.: 2007. –B. 33-34.
  1. 7. Bobur Zaщiriddin Muщammad. Boburnoma. T: «Yulduzcha», 1989, 86 b.
8.Shaniyazov K.Sh. K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda (istoriko-etnograficheskoe issledovanie na materialax kipchakskogo komponenta). T: «Fan», 1974. s. 91 9.Shaniyazov K.Sh. K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda (istoriko-etnograficheskoe issledovanie na materialax kipchakskogo komponenta). T: «Fan», 1974. s. 91; A.Pardaev. Jizzax bekligi – O‘rta Osiyo xonliklari davrida(XVI asrdan – XIX asrning 60 – yillarigacha).Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya. Toshkent – 2004. –B 28. 10.Hofiz Tanish Al – Buxoriy. Abdullanoma. 1- jild. “Sharq” –Toshkent, 1999.  307,308,309,310 – betlar. 11.Haydarov H..Jizzax viloyati tarixi. «Mehnat» nashriyoti. Toshkent – 1996. –B 24. 12.Maxmud ibn Vali. More tayn otnositelno doblestey blagorodnO‘x lyudey (geografiya). T: «Fan» 1977, s. 166. 13.Mir Muxammad Amini Buxoriy. Ubaydullaname. T: 1957 s. 55
  1. 14. Muxammad Xakimxan. «Muntaxab at-tavorix» : v 2-x kn. (Podgot. faks. vved. i ukaz. A. Muxtarova). 1983, kn.1, s. 95.
15.Abu Toxirxoja Samarkandiy. Samariya. «Meros» turkumi, «Kamalak», T.: 1991, 26; 67 b. [1]6. Berns A. Puteshestvie v Buxaru leytenanta Ost-Indiyskoy kompaneyskoy slujbO‘ A.Bernsa. Universitetskaya tipografiya, 1849, s. 478-490. 17.Axmad Donish. Traktat Axmada Donisha «Istoriya mangitskoy dinastii» perevot, predislovie i primechanie I.A.Nadjafavoy. D.; «Donish», 1967, s. 45.
  1. 18. Is’hoqxon Junaydullaxoja o‘g‘li Ibrat. Farg‘ona tarixi. «Meros» turkumi, «Kamalak», T.; 1991, 302-304 b.
  2. 19. Materialы dlya statistiki Samarkandskoy oblasti 1887 – 1888 gg. Vыp 1. – Samarkand, 1890. – 148.,
20.Sbornik materialov dlya statisitki Samarkandskoy oblasti. – Samarkand, 1890. – S. 16.
  1. 21. Kostenko F. Puteshestvie v Buxaru russkoy missii v 1870 g. // Spb., 1871. – S. 16-17.
22.Kastane I. A. Drevnosti Ura-Tyube i Shaxristana //PTKLA. God dvenadsatыy. T.: 1915. –S. 44.
  1. 23. Zarubin I. Naselenie Samarkandskoy oblasti (Chislennost, etno­graficheskiy sostav i territorialnoe raspredelenie). – Leningrad: Izd-vo Akad. nauk SSSR, 1920. – 32
24.Borozna N. G. Sotsialisticheskie preobrazovaniya v xozyaystve i bыt uzbekov-durmenov dolinы Kafirnigana
  1. 25. Bazarbaev A. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Jizzaxdagi yer narxlari to‘g‘risida ayrim mulohazalar // O‘zbekiston tarixi. №2. 2014. B. 51-56, Bazarbaev A. Jizzax vohasida yaylovlardan foydalanish masalasi (XIX asr oxiri – XX asr boshlari). “Ustrushona Buyuk ipak yo‘lida, uning mintaqalararo siyosiy – iqtisodiy va madaniy munosabatlarni rivojlantirishdagi o‘rni (antik va o‘rta asrlar davrida)”. Guliston 2016. B. 54-58 betlar
26.Tolstova L. S. Karakalpaki za predelami Xorezmskogo oazisa v XIX – nachale XX veka. – Nukus, 1963. – S. 38–48; Suxareva O. A., Bikjanova M. A. Proshloe i nastoyashee seleniya Aykыran. – T., 1955. – S. 134–150; Sazonova M. V. Traditsionnoe xozyaystvo uzbekov 27.Ashirov A.A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. Toshkent, 2007. B. 145-159.
  1. 28. Haydarov H., Pardaev M., Sariboev A., Suvonqulov I. G‘allaorolnoma. Toshkent, 1997.B. 10-30.
  2. Berdimuradov A.E., Pardaev M.X.Zamok Kingirtepa // IMKU, vыp.22. – Tashkent: Fan, 1988. – S. 67.
30.Berdimuradov A.E. Gemma intaliya iz Almantepa.//ONU. Tashkent, 1984. №4. 39-40 s/ 31.Pardaev               M. H. K voprosu ob evolyusii planirovki zamkov- rabatov v Severo-Zapadnoy Ustrushane // Tez, dokl.nauch.konf. posvyaщ.80-letiyu akad. Ya.G.Gulyamova,-T.L988.-S.72-73. 32.Alimov U. A.,Otchyot o polevыx rabotax Djizakskogo arxeologicheskogo otryada za1983 g…–L.12. 33.Rempel L.I., Rtveladze E.V. Otchyot ob arxeologicheskix issledovaniyax v Gallyaoralskom rayone Samarkandskoy oblasti v 1968g. // Arxiv IA AN Uz SSR. – Samarkand, №3645. –L. 5-9. 34.Bulatov M.S. Sogdiysko-sakskiy kalendar v stepi podlejit oxrane //Stroitelstvo i arxitektura Uzbekistana. 1982,- N.5,- S..23-25. 35.Pardaev M.H. G‘ofurov, J.I. G‘arbiy Ustrushonada zardo‘shtiy qavmlar izlari. O‘zbekiston Arxeologiyasi. 2011, №1 (2). Samarqand.
  1. 36. Toshboev F.E Ustrushona chorvadorlarining antik davr madaniyati. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ( PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss… Toshkent, 2017.